Kirish Ro'yxatdan o'tish

Velosport. Shosse bo‘yicha terma jamoamiz a’zolari Toshkentdagi Osiyo chempionatiga hozirlik ko‘rishmoqda

Velosport. Shosse bo‘yicha terma jamoamiz a’zolari Toshkentdagi Osiyo chempionatiga hozirlik ko‘rishmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, shu yilning 22-28 aprel kunlari Toshkent shahrida velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionati o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan shosse bo‘yicha terma jamoamiz a’zolari yurtimizda bo‘lib o‘tadigan qit’a birinchiligiga tayyorgarlikning navbatdagi bosqichini boshlashdi.

Bugun, 11 yanvar kuni murabbiy YU.Abrekov boshchiligidagi sportchilarimiz Farg‘ona viloyatida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlariga kirishdilar. 30 yanvarga qadar davom etadigan yig‘inda 19 nafar sportchi ishtirok etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Osiyo chempionatida qit’amizning 40 ga yaqin davlatidan 500 nafardan ziyod velosportchi ishtirok etishi kutilmoqda. Ushbu qit’a chempionati Tokio 2020 Olimpiadasiga lisenziya taqdim etuvchi musobaqa hisoblanadi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 16:19, 11.01.2019.
O'qildi: 1836 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.