Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

O‘zbek klublari tarixidan –«Neftchi»

O‘zbek klublari tarixidan –«Neftchi»

Baho:
+-1 | -

“Neftchi” – O‘zbekistonning eng tarixi boy klublaridan biri sanaladi. Jamoaga 1962 yilda asos solingan.

Mustaqil O‘zbekistonda milliy chempionat tashkil etilgan ilk yillardanoq Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi yetakchi klublardan biri sifatida gavdalangan.  Buni “Neftchi”ning dastlabki chempionatimizdayoq oltin medallarga ega chiqqani ham tasdiqlaydi.

1993 yilda ham “Neftchi” O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritgan va Kubok yarim finalchisiga aylangan.

1994 yilda “oltin dubl” qayd etishga erishgan Farg‘ona jamoasi, MDH Kubogi finaligacha borib, Moskvaning “Spartak” jamoasiga imkoniyatni boy bergan.

1995 yilda qatorasiga to‘rtinchi marta O‘zbekiston chempioniga aylangan. Kubok yarim finalida mag‘lubiyatga uchragan.

Farg‘ona shahri jamoasi 1996 yilda mamlakat Kubogini qo‘lga kiritgan.

Qayd etish joizki, “Neftchi” 5 karra mamlakat chempioni sanaladi. Shuningdek, 9 marta O‘zbekiston chempionati finishiga ikkinchi bo‘lib yetib kelgan va bir marta bronza medallariga sazovor bo‘lgan. “Neftchi” so‘nggi marta 2001 yili chempionlikka erishgan. Qolaversa, jamoa 2 karra mamlakat kubogi egasi ham sanladi.

Biroq so‘nggi yillarga kelib, farg‘onaliklarni barqarorlik tark etdi. Natijada jamoa musobaqa jadvalining pastki qismidan o‘rin egallay boshladi. 2018 yilgi Superliga yakunlariga ko‘ra, “Neftchi” musobaqa jadvali oxirgi pog‘onasidan joy egalladi va quyi ligaga yo‘l oldi.

“Neftchi” klubining tirik afsonalaridan biri Yuriy Sarkisyan 1987-2013 yillarda bosh murabbiy sifatida jamoada faoliyat olib borgan. O‘zbekistonda hizmat ko‘rsatgan murabbiy, “Do‘stlik” va “Mehnat shuhrati” ordenlari sohibi Sarkisyan 26 yil davomida bitta jamoani boshqargan murabbiy sifatida mamlakat rekordchisi hisoblanadi.

 

Erishgan yutuqlari

5 karra O‘zbekiston chempioni (1992, 1993, 1994, 1995, 2001)

9 karra O‘zbekiston vise-chempioni (1996-2000, 2002-2004, 2006)

2 karra O‘zbekiston Kubogi sohibi (1994, 1996)

MDH Kubogi finalchisi (1994)

 

Jamoada to‘p surgan mashhur futbolchilar

Stepan Atoyan

Sergey Lebedev

Ravshan Bozorov

Asad Do‘rmonov

Rustam Do‘rmonov

Sergey Lebedev

Andrey Miklyayev

Aleksandr Tixonov

Andrey Fyodorov

Rahmatullo Fuzaylov

Akmal Xolmatov

Anvar Berdiyev

 

 

Jamoani boshqargan mashhur murabbiylar

Yuriy Sarkisyan

Sergey Lebedev

Murod Ismoilov

Tohir Kapadze

Andrey Fyodorov 

Vadim Abramov 

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 10:46, 12.01.2019.
O'qildi: 3672 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.