Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Terma jamoa shifokori: «Nesterov maydonga tushishga tayyor»

Terma jamoa shifokori: «Nesterov maydonga tushishga tayyor»

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, shu kunlarda BAAda futbol bo‘yicha qit’amizning eng nufuzli musobaqasi – Osiyo kubogi o‘tkazilmoqda. Mazkur chempionatda ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari birinchi turda ummonlik raqiblarga qarshi maydonga tushib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondilar. Musobaqaning dastlabki uchrashuvi jamoamiz uchun oson bo‘lgani yo‘q. Ana shunday o‘yindan so‘ng futbolchilarimizning tezda tiklanib olishlari katta ahamiyat kasb etadi. Ushbu jarayonda albatta terma jamoamiz shifokorlarining o‘rni katta. Shu maqsadda biz O‘zbekiston terma jamoasi shifokori Abror Pirriyevdan bir qancha savollarimizga javob oldik.

Og‘ir o‘yindan keyingi tiklanish jarayoni haqida

Bizda barchasi oldindan rejalashtirib qo‘yilgan. Har bir mashg‘ulot, o‘yindan so‘ng tiklanish bo‘yicha chora-tadbirlar qo‘llaniladi. Shunga ko‘ra, bu o‘yindan keyin ham tiklanish jarayonlari o‘sha joyning o‘zidayoq amalga oshirildi. Bu jarayon ertasiga ham davom ettirildi.

Terma jamoamizning bugungi kundagi umumiy holati qay darajada?

Tibbiy holat tomonlama gapiradigan bo‘lsam, shukr futbolchilarimizning barchasi sog‘-salomat. Xech qanday jarohatlar yo‘q. Ularning mashg‘ulot o‘tkazishiga to‘sqin bo‘ladigan jiddiy sabablar yo‘q. Ular reja asosida mashg‘ulotlarni davom ettirmoqdalar.

Ignatiy Nesterovning holati

U o‘yinda jiddiyroq jarohat olgandek ko‘rindi. Ammo, uchrashuvdan keyingi tekshiruvlarda ma’lum bo‘ldiki, posbonimizning jarohati jiddiy emas. U odatdagidek mashg‘ulotlarda ishlamoqda. Tibbiy tomonlama olib gapiradigan bo‘lsam, u maydonga tushishga tayyor. Salomatligi o‘z joyida.

Iqlim, moslashish va tashvishga solayotgan jihat

Moslashish haqida gapiradigan bo‘lsam, biz bu yerga o‘yindan bir hafta oldin keldik va futbolchilar iqlimga moslashib olishdi. Ammo, arab davlatlariga hos bo‘lgan bir jihat bor. Bilasiz, bu yerda kunduz kuni issiq. Xonalarda, avtobuslarda esa doimo kondisioner ishlaydi. Ya’ni, futbolchi jonajon O‘zbekistonimizda bo‘lganidek, derazani ochib qo‘yib toza havodan bahramand bo‘la olmaydi. Meni havotirga solishi mumkin bo‘lgan narsa shuki, jismoniy yuklamalar qancha oshsa insonning immuniteti pasayib boradi. Qolaversa, issiq havoda, mashg‘ulotlarda terlaysiz. Shundan so‘ng avtobusga chiqiladi – kondisioner. Mehmonxonaga kiriladi – kondisioner. Bu futbolchida shamollash, yallig‘lanish va boshqa virusli infeksiyani yuqtirib olish kabi muammolarni paydo qiladi. Biz buni albatta oldindan bilganmiz, o‘rganganmiz. Bu mamlakatga birinchi marotaba kelganimiz yo‘q. Shuning uchun, immunitetni ko‘taruvchi vitaminlarni o‘zimiz bilan olib kelganmiz. Albatta, ular yordamida, shuningdek futbolchilar bilan tushuntirish ishlari olib borish asnosida bizga boshog‘riq bo‘lishi mumkin bo‘lgan turli muammolardan holi bo‘lishga harakat qilyapmiz.

 

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 10:53, 12.01.2019.
O'qildi: 3761 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.