Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-2 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Azizbek Haydarov: «Milliy terma jamoa bizning yuzimiz»

Azizbek Haydarov: «Milliy terma jamoa bizning yuzimiz»

Baho:
+ | -

"Lokomotiv"ning yangi futbolchisi Azizbek Haydarov yangi mavsum oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- "Lokomotiv" - juda yaxshi jamoa. Klub mutasaddilari menga yaxshi taklif bilan chiqishdi va biz kelishuvga erisha oldik. Bu jamoada yoshligimdan buyon birga o‘ynab keladigan do‘stlarim juda ko‘p. Ulardan ham maslahat oldim, ko‘pchilik bilan birga o‘yladim va shu qarorga keldik.

O‘tgan yili "Bunyodkor" safiga qaytdim. Shu yerdaligimdan foydalanib, "Lokomotiv"ning o‘yinlarini bevosita kuzatdim. Chunki jamoada do‘stlarim juda ko‘p. Yigitlardagi eng yaxshi hususiyatlardan biri - hamjihatlik. Barcha bir oiladek. Klubda o‘ziga yarasha ajoyib atmosfera bor.

O‘yinga kelsak, jamoa o‘tgan mavsumda chiroyli o‘yinlar ko‘rsatdi. Qanday bahs bo‘lsa ham jamoa o‘z uslubini yo‘qotmaydi. Jamoaning o‘yin uslubidan hulosalar chiqargan holda bu yerga keldim. "Lokomotiv"ga qaytganimdan juda ham xursandman.

"Lokomotiv" oldiga har doim o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘yadi. Jamoa so‘nggi 3 mavsumda chempionlikni hech kimga bermadi. Jamoaning maqsadi o‘zgarmagan. Chempionlikni, O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritish.

Osiyo chempionlar ligasida ham yuqori o‘rinlar uchun kurashamiz. "Lokomotiv" - O‘zbekistondagi eng yaxshi jamoalaridan bittasi. Shu boisdan klub o‘zi qatnashadigan barcha musobaqalarda yuqori maqsadlar uchun o‘ynaydi. Shuning uchun ham ushbu jamoaga keldim. Xudo xohlasa maydonda va uning tashqarisida ushbu maqsadlar yo‘lida jamoaga yordam berishga harakat qilaman.

Hozirda Dubayda yangi mavsum uchun tayyorgarlik ketmoqda. Kuniga 2 mahal mashg‘ulotlarni olib boryapmiz. Futbolchilar ham doim shunday og‘ir mashg‘ulotlardan, qiyinchiliklardan o‘tmasa, mavsum davomida juda qiyin bo‘ladi.

O‘zim ham shunday mashg‘ulotlarni sog‘ingandim. Bundan rohatlanyapman. Qiyinchilik bor joyda rohat bo‘ladi. Mashg‘ulot tizimidagi og‘ir vazifalar tufayli futbolchilar qiyinchiliklarga uchramoqda. Shu tufayli keyinchalik o‘yinlarda unchalik qiyin bo‘lmaydi. Ushbu mashg‘ulotlar orqali yuqori cho‘qqilarga intila olamiz.

Terma jamoadagilarning barchasi mening akalarim, ukalarim, do‘stlarim. Termada bo‘lamanmi yoki yo‘q men ular bilan chin yurakdan birgaman. Har doim ularga omad tilayman. Turkmaniston bilan o‘yin arafasidamiz. Umid qilamanki, termamiz o‘z hisobiga 3 ochkoni yozib qo‘yib, keyingi bosqich masalasini hal qiladi.

Nasib bo‘lsa, butun bir jamoa bo‘lib o‘yinga borishga harakat qilamiz. Milliy termamizga omad tilayman. Milliy terma jamoa bizning yuzimiz deb hisoblayman. Ular o‘zlarini ko‘rsata olishsa, chet el klublarida o‘ynashadi. Shu orqali ular milliy jamoamizning yanada kuchayishiga o‘z hissasini qo‘shishadi.

Manba: Lokomotiv.uz
Kiritildi: 15:51, 12.01.2019.
O'qildi: 3507 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.