Lononning “Chelsi” klubi Angliya chempionati 22-turidan o‘rin olgan “Nyukals”ga qarshi qiyin kechgan bahsda irodali g‘alabaga erishdi. O‘yin londonliklarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Uchrashuvda hisobni mezbonlar ochgan bo‘lsa, o‘yinning 40 daqiqasida mehmonlar hisobni tenglashtirib qo‘ydi.
Ikkinchi bo‘limning boshlarida Villian ajoyib goli bilan “Chelsi”ga 3 ochko olib keldi.
Angliya chempionati, 22-tur.
Chelsi – Nyukasl 2:1
Gollar: 1:0 – 9 Pedro, 1:1 – 40 Klark, 2:1 – 57 Villian.
Chelsi – Arrisabalaga, Ryudiger, Alonso, Aspilikueta, David Luiz, Azar (Jiru, 87), Kante, Pedro (Xadson-Odoi, 81), Kovachich (Barkli, 63), Villian, Jorjinyo.
Nyukasl – Dubravka, Lassels, Klark, Yedlin (Mankilyo, 82), Lejen, Longstaff, Ritchi, Xeyden, Atsu, Rondon, Peres (Merfi, 82).
Ogohlantirishlar: Ritchi (24), Jorjinyo (63).