Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/07 20:00 Andijon 2-0 Buxoro
27/07 20:00 OKMK 2-1 Mash’al
27/07 20:00 Lokomotiv 3-1 So‘g‘diyona
28/07 20:00 Nasaf 1-0 Qizilqum
28/07 20:00 Xorazm 1-0 Surxon
28/07 20:00 Neftchi 1-1 Navbahor
29/07 20:00 Dinamo - Qo‘qon-1912

Osiyo kubogi-2019. Bugun Turkmaniston bilan o‘ynaymiz

Osiyo kubogi-2019. Bugun Turkmaniston bilan o‘ynaymiz

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy jamoasi bugun Osiyo kubogidagi o‘zining ikkinchi o‘yinini o‘tkazadi. Guruh bosqichidagi bu galgi raqibimiz — Turkmaniston.

Qo‘shnilarimiz birinchi turda Yaponiyaga qarshi ancha yaxshi o‘yin namoyish qilishdi. Qit’aning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi o‘yinda 2:3 hisobidagi mag‘lubiyat, turkmanlarning musobaqaga jiddiy tayyorgarlik ko‘rganini bildiradi.

O‘zbekiston terma jamoasi bugun g‘alaba qozonsa, muddatidan avval nimchorak final yo‘llanmasini hal qilib qo‘yadi. Bu esa biz uchun muhim.

Turkmaniston - O‘zbekiston o‘yini Dubaydagi "Rashid" stadionida bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 21:00da start oladi.

Osiyo kubogi-2019. "F" guruhi, 2-tur
TURKMANISTON - O‘ZBEKISTON
BAA. Dubay. "Maktum bin Rashid" stadioni. 13 yanvar, 21:00
Bosh hakam: Ammar al-Jeneybiy (BAA)

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 08:37, 13.01.2019.
O'qildi: 5516 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик