Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma 0-0 Jenoa
18/01 18:00 Xetafe 0-1 Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Osiyo kubogi - g‘olibligi uchun da’vogarlar

Osiyo kubogi - g‘olibligi uchun da’vogarlar

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO

Mana, biz intiqlik bilan kutgan Osiyo kubogining 2-turi ham o‘z yakuniga yetdi. Bu turnir o‘zining yangi formati va kutilmagan natijalari bilan yodda qolmoqda. Bugun qaysi termalar chempionlik uchun kurashishga qodir ekanligini tahlil va taxmin qilib ko‘ramiz

Yaponiya

«Kunchiqar yurt» vakillari huddi biz singari guruhdagi o‘yinlarda g‘alabalarni katta qiyinchilk bilan qo‘lga kiritganiga qaramasdan, baribir chemponlik uchun asosiy da’vogar bo‘lib qolaveradi. Mahaliy bosh murabbiy qo‘l ostida harakat qilayotgan futbolchilarning aksariyatini yoshlar tashkil etishini hisobga olsak, jamoada g‘alabaga chanqoqlik har qachongidan ko‘proq

Janubiy Koreya

Bir necha yillardan beri bu turnirda asosiy fovorit deya qayd etilsada, chempionliksiz uyiga qaytayotgan qit’amiz grand termasi bu safar ancha jiddiy tayyorgarlik bilan kelgan. 3-turdan boshlab Son Hyun Minning jamoaga qo‘shilishini hisobga olsak,Janubiy Koreyada imkoniyat yaxshigina oshishi aniq.

Iordaniya

Berkelmans boshchiligidagi Iordaniya termasi raqiblariga qarshi huddi pistirmadan otilib chiqqanday xavfli qarshi hujumlarga tayangan terma hozirda o‘z guruhida 1-o‘rinni deyarli naqd qilib ulgurdi. Bu jamoa agar o‘yindan-o‘yinga ochilib borishni uddalashsa, chempionlik uchun imkoniyat ularda ham mavjud.

Eron

Osiyodagi 1-raqamli terma jamoa hozirda «dahshatli» formada! Keyrushning o‘yin falsafasi bir necha yillardan beri Eron termasining o‘yin uslubini shakllantirib bormoqda. Hozirda forslar turnirning yaqqol fovoritlari deb ayta olamiz.

Xitoy

JCH g‘olibligini qo‘lga kiritgan italiyalik murabbiy qo‘l ostida harakat qilayotgan termaning imkoniyatlari juda yuqori ekanligi aniq. Boz ustiga, jismoniy tayyorgarlik ham hozirda Xitoy termasida ajoyib ko‘rinishda. Kuchli ichki chempionatda toblangan mahalliy futbolchilar Osiyo kubogida yo‘qolib qolishmasligi aniq. Lippi Xitoy termasi uchun alohida tayyorgarlik rejasini ishlab chiqqani va uni amalda ijobiy qo‘llayotganidan ko‘rinib turibdi-ki, Chin mamlakati vakillarida ham uzoqroqqa borish imkoni mavjud

O‘zbekiston

Ektor Kuper boshchiligidagi terma jamoamiz kechagi g‘alabadan so‘ng o‘z guruhida birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. To‘gri, qo‘shnilarimiz bilan bo‘lgan uchrashuvdagi g‘alaba bizning qanday kuchda ekanligimizni hozircha to‘liq ko‘rsatib bera olmadi ammo shuni aytish joiz-ki, Kuperning o‘yin falsafasi asta-sekinlik bilan termamiz o‘yinlarida ko‘rinmoqda. Ayniqsa, o‘tkir paslar va jamoaviy pressing hamyurtlarimizga bu turnirda g‘oliblik olib kelishi mumkin. Rossiya maydonlarida o‘tgan Mundialda ham Fransiya himoyaga katta urg‘u bergan holda xatosiz o‘ynab, chempionlikni qo‘lga kiritgani so‘zimizga isbot bo‘la oladi. Biz milliy terma jamoamizga chin yurakdan omad va zafarlar tilab qolamiz.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:41, 14.01.2019.
O'qildi: 6957 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.