Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl 3-1 Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko 1-0 Jirona
17/05 22:00 Osasuna 1-2 Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao 1-1 Selta
17/05 22:00 Elche 1-0 Xetafe
17/05 22:00 Levante 2-0 Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad 3-4 Valensiya
17/05 22:00 Sevilya 0-1 Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo 0-1 Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

«Andijon» yangi futbolchilar bilan kelishuvga erishdi

«Andijon» yangi futbolchilar bilan kelishuvga erishdi

Baho:
+ | -

Ayni damda o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini Toshkentda olib borayotgan “Andijon” o‘z tarkibini kuchaytirish maqsadida bir qator futbolchilar bilan kelishuvga erishdi.

Jumladan, oxirgi ikki yilni “Buxoro” safida o‘tkazgan Akmal Tursunboyev “Andijon” yig‘iniga kelib qo‘shildi. Iqtidordi darvozabon 2016 yilgi mavsumda ham “burgutlar” sharafini himoya qilgandi. Shunday ekan ma’lum muddatlik tanaffusdan Tursunboyev yana “Andijon”ga qaytdi.

Mudofaa chizig‘ini kuchaytirish maqsadida “Metallurg” bilan xayrlashgan Abror Xusinov taklif etildi. Chap qanot himoyasi va markaziy himoyada birdek o‘ynay oladigan futbolchi, kuni-kecha “Andijon” bilan rasman kelishuvga erishib, yangi mavsumni “burgutlar” safida o‘tkazadigan bo‘ldi.

Undan avvalroq yana bir tajribali himoyachi Bobur Akbarovni ham yana “Andijon”ga qaytgani haqida xabar bergandik. Andijonlik futbolchi joriy mavsumni yana qadrdon jamoasida o‘tkazadigan bo‘ldi.

Qanot yarim himoyasidagi bo‘shliqni to‘ldirish maqsadida, “Mash’al” bilan xayrlashgan iqtidorli futbolchi Abdulloh Olimov va o‘tgan mavsum “Neftchi” sharafini himoya qilgan Abdurahmon Abdulxaqov taklif etildi. Ushbu futbolchilar ham rahbariyat bilan muzokara o‘tkazib, yakunda “Andijon” uchun o‘ynashi aniq bo‘ldi.

Hujum chizig‘idagi raqobatni oshirish niyatida o‘tgan mavsumni “Navbahor”da o‘tkazgan Sardor Sulaymonov bilan Ro‘zimboy Ahmedov taklif etildi. Ushbu futbolchilar ham joriy mavsumni “burgutlar” tarkibida o‘tkazadi.
Jamoa rahbariyati va murabbiylar shtabi o‘zaro maslahatlashgan xolda, bu yil legionerlar xizmatidan ham to‘liq foydalanishga kelishib olindi. Hozirda bu bo‘yicha ham bir qator xorijlik futbolchilar bilan muzokara olib borilmoqda.

Yaqinda Armanistondan ko‘rikka taklif etilgan markaziy yarim himoyachi Aram Sargsyan murabbiylarda ijobiy taassurot qoldirmagani uchun ortga qaytib ketdi. U bilan birga belorussiyalik hujumchi Mikalayu Zemko ham o‘zidan yaxshi taassurot qoldirmagani tufayli, uyiga qaytib ketishga ruhsat berildi.

Ularning o‘rniga moldoviyalik yarim himoyachi va hujumchi taklif etildi. Hozirda ular ko‘rikdan o‘tkazilmoqda. Agarda xarakatlari ma’qul kelsa, rasman shartnoma tuziladi.

Bundan tashqari yana ayrim futbolchilar bilan muzokara jarayoni davom etmoqda. Ularning ayrimlari yaqin kunlarda jamoa safiga kelib qo‘shiladi.

“Andijon” matbuot xizmati.

Kiritildi: 20:42, 14.01.2019.
O'qildi: 4890 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик