Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Ildar Sakayev: «Tayyorgarlik reja bo‘yicha ketmoqda»

Ildar Sakayev: «Tayyorgarlik reja bo‘yicha ketmoqda»

Baho:
+ | -

Ikki yillik tanaffusdan so‘ng yana kuchlilar safiga qaytgan “Andijon” jamoasi yangi mavsumga astoydil tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Ildar Sakayev boshqaruvidagi “burgutlar” ayni damda o‘quv-yig‘inni Toshkentda olib bormoqda. Fursatdan foydalanib, bosh murabbiyning fikrlari bilan qiziqdik.

-  Yangi mavsumga tayyorgarlikni dekabr oyidayoq boshlagandik. Avvaliga Andijonda qisqa muddatli yig‘in tashkil etildi. U yerda asosan o‘tgan yilgi tarkibda xarakat qilgan futbolchilar va mahalliy o‘yinchilar ko‘rikdan o‘tkazildi. 9 yanvardan esa Toshkentga keldik. Bu yerda rejaga ko‘ra tarkibga bir qator yangi o‘yinchilar kelib qo‘shilgan. Shu o‘rinda klubimiz vise-prezidenti Ma’rufjon Abdisalomovga jamoaning yangi mavsumga har tomonalama puxta tayyorgarlik ko‘rishi uchun qulay sharoitlarni yaratib berayotgani va doimo bizga yordam qo‘lini cho‘zayotgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Jamoamiz Toshkentdagi muhtasham “O‘zbekiston” mehmonxonasida istiqomat qilib, “Turin” stadionida mashg‘ulot o‘tkazmoqda. Sharoitlar yuqori saviyada tashkil etilgan.

-  Toshkentdagi yig‘in chog‘ida bir nechta nazorat o‘yinlarini tashkil etish rejadan o‘rin olgan. Bu orqali biz tarkibda shug‘ullanayotgan futbolchilarning imkoniyatlarini yanada chuqurroq bilib olamiz va o‘ylagan taktik sxemaga moslashtirishga urinamiz.

-  Rahbariyat bu yil debyutant bo‘lishimizga qaramay, Superdligada ham yuqori o‘rinni egallashni oldimizga vazifa qilib belgilagan. Shunga monand tarkibni kuchaytirish maqsadida, seleksiya ishlari bilan keng qamrovda ish olib bormoqdamiz. Yangi futbolchilarning taklif etilishidan oldin albatta rahbariyat bilan bu mavzuda maslahatlashgan xolda, ish tutmoqdamiz. Shu kunga qadar o‘nga yaqin yangi futbolchilar jamoaga taklif etildi. Biz bu bilan seleksiya ishlarini yakulanmoqchi emasmiz. Superligada har bir o‘yin haqiqiy jang bo‘ladi. Muxlislar bizdan faqat g‘alaba kutadi. Shunga monand tarkib shakllantirilmasa, xarakatlarimiz zoye ketishini tushunib turibmiz. Ichki imkoniyatdan kelib chiqib, xorijlik futbolchilarning limitidan ham to‘liq foydalanish niyatidamiz. Bu bo‘yicha ham hozirda izlanishdamiz va aytishim mumkinki, bugungi kunda ham ayrim legionerlarni ko‘rikka taklif etib, ularni ko‘zdan kechiryapmiz. Legioner futbolchilar katta pulga keladi. Shunday ekan, ularni tanlashda adashmaslik zarur deb bilaman.

-  Rejamizga ko‘ra, fevral oyida Turkiyaning Antaliya shahrida xorij yig‘inini tashkil etilishi ham o‘rin olgan. Unga qadar, tarkibni aniqlashtirib olishimiz shart – deydi Ildar Usmanovich. 

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 20:56, 14.01.2019.
O'qildi: 2575 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.