Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Osiyo Kubogi kundaligi, 12 va 13-kunlar. Derbida g‘alaba, endi navbat «samuray»larga

Osiyo Kubogi kundaligi, 12 va 13-kunlar. Derbida g‘alaba, endi navbat «samuray»larga

Baho:
+ | -
Kecha Osiyo Kubogida O‘rta Osiyo derbisi bo‘lib o‘tdi.  Ushbu derbida biz muvaffaqiyat qozondik. Kuper aytganidek, “eng yaxshi o‘yinimizni namoyish qildik”. G‘alabadan keyin barcha a’lo kayfiyatda mehmonxonaga qaytdi. U yerda bizni muxlislar kutib turishgan ekan. Futbolchilarni olqishlar bilan kutib olishdi.

Xorijlik jurnalistlar Javohir Sidiqovdan intervyu so‘rashgandi, o‘yindan keyin charchagan bo‘lishiga qaramay, yo‘q demadi. Haqiqiy professional futbolchilar kabi OAV bilan muloqot qilishga vaqt ajratdi. Chunki muxlislarga futbolchilar fikri qiziq. Professional futbolchilar buni juda yaxshi tushunishadi.

Bugun Dubaydagi safarimiz qarib, Al-Aynga ko‘chib o‘tdik. Mamlakat chetidagi shahar. Shundoq Ummon davlati bilan chegaradosh ekan. Biz yashayotgan mehmonxonadan bir oz yurilsa, temir panjaralar bilan yo‘l to‘silgan. Panjaraning narigi tarafi Ummonning hududi ekan. Al-Aynda bugun birinchi mashg‘ulotni o‘tkazishga ham ulgurdik. Yaponiyaga qarshi o‘yin bo‘lib o‘tadigan “Xalifa bin Zayd” stadionining mashg‘ulotlar maydonida. Keyingi navbat – “ko‘k samuraylar”ga. Yaponiyaning musobaqadagi shiori esingizdami? “Hammaga hurmat saqlagan holda, hech kimdan qo‘rqish yo‘q!” Hurmat qilganlarni biz ham hurmat qilamiz, ammo bizdayam qo‘rquv yo‘q. Ishtiyoq bor, g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq.

Odatdagidek, hamma astoydil mehnat qildi. Faqat kecha asosiy tarkibda tushganlar alohida guruhda shug‘ullanishdi. Mashg‘ulot davomida stadion qo‘riqlash xizmati xodimlari bilan suhbatlashib qoldik. Marokashdan ekan ular. O‘zbekiston milliy terma jamoasining o‘tgan yil Marokashga safar uyushtirgani, u yerda o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazganini esga olishdi ular. 

Shuningdek, Sardor Rashidovning arab klubidagi o‘yinlari haqida fikr bildirishdi. Bir pas darvozabonlar mashg‘ulotini kuzatishdi. Har uchchala darvozabonimizning harakatlarini a’lo darajada baholashdi. Ulardan biri o‘zi darvozabon bo‘lgan ekan. Shu sababli uning mutaxassis sifatida bildirgan fikrlariga qo‘shilmay ilojimiz yo‘q. Ko‘z tegmasin, bizda ajoyib darvozabonlar yig‘ilgan. Nesterov – alohida mavzu. Quvvatov bilan Yusupov esa unga munosib o‘rinbosar bo‘lishga intilishayotgani quvonarli. 

Mashg‘ulotga yaponiyalik jurnalist ham tashrif buyurdi. Ismi Maya ekan. “Nikkan Sports” gazetasi muxbiri. Fozil Musayevdan intervyu olmoqchi ekanligini aytdi. Mashg‘ulotdan keyin yaponiyalik hamkasblarimiz uchun mehmonxonada Fozil bilan intervyu tashkil qilib berdik. Yaponiyaning “Jubilo Ivata” klubida to‘p suradigan terma jamoamiz yarim himoyachisi O‘zbekiston terma jamoasining musobaqadagi ishtiroki haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. 

Ertaga yana mashg‘ulotlar. Uchinchi o‘yinga tayyorgarlik davom etadi. Durang ham bizga kifoya qiladi, lekin yigitlar faqat g‘alaba uchun maydonga tushishmoqchi! Yuzimiz yorug‘ bo‘lsin!
Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 00:07, 15.01.2019.
O'qildi: 8870 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.