Ertaga muhim o‘yin kutmoqda. Yaponiyaga qarshi. Ko‘p bor o‘ynaganmiz bu grand jamoa bilan. Statistikamiz maqtanarli darajada emas.
Atigi bitta o‘yinda g‘alaba qozonganmiz. O‘sha Aleksandr Shadrin gol kiritgan 2012 yil qishining so‘nggi kunidagi o‘yinda. Mana yana imkoniyat. Butkul boshqa jamoa, boshqa murabbiy bilan o‘ynaymiz ertaga. Rasmiy musobaqadagi rasmiy o‘yin. Guruh g‘olibini aniqlab beradigan o‘yin.
Bugungi mashg‘ulotlar ajoyib tarzda o‘tdi. Futbolchilarimizning kayfiyati a’lo darajada. Matbuot anjumanida qatnashgan Javohir Sidiqovning bir gapi yoqdi menga. “O‘ylab qarasam, Yaponiyaga qarshi o‘smirlar va yoshlar terma jamoalari tarkibida ko‘p bor o‘ynaganman. Shu paytga qadar ulardan mag‘lubiyatga uchramagan ekanman. Ertaga milliy terma jamoa tarkibida ham g‘alaba qozonishga harakat qilamiz!” Bu g‘oliblik ruhidan dalolat. Mana shunday g‘oliblik ruhi ayni paytda barcha futbolchilarimizda bor.
Bugun komissar ishtirokidagi mitingda Yaponiya terma jamoasi matbuot xizmati xodimi bilan tanishdim. Nihoyatda odobli va muloyim qiz ekan. Barcha yaponlarga xos bo‘lgan xislat. “Kecha jurnalistlarimiz terma jamoangizni mashg‘ulotini yoritishga borishibdi. Ular bilan bog‘liq hech qanday muammo yuzaga kelmadimi? Aytilgan vaqtda mashg‘ulotni tark etishdimi?” – deb so‘rab qoldi. “Yo‘q, hech qanday muammo bo‘lmadi. Qaytanga, jurnalistlaringizning tartib-qoidaga so‘zsiz bo‘ysunishi va nihoyatda tavoze’li ekanligi meni lol qoldirdi”, - dedim.
Mashg‘ulotdan keyin yana ikkita jurnalist mehmonxonaga Fozil Musayevni izlab kelishdi. Fozildan intervyu berishni so‘ragandim: “Kecha intervyu olishgandi. Yanami?” – dedi ajablanib.
Men tushuntirdim. “Yaponiyalik jurnalistlar nihoyatda ko‘p, ularning barchasi terma jamoamizga katta qiziqish bildirishyapti. Uzoq masofadan yo‘l bosib, mehmonxonamizga Sizni qidirib kelibdi. Intervyuga ozgina vaqt ajratsak, juda xursand bo‘lishadi”, - dedim. Fozil rozi bo‘lib, yaponiyalik jurnalistlarga intervyu berdi. Ba’zi savollarga inglizcha, ba’zilariga esa yapon tilida javob bergani jurnalistlarni chinakamiga hayron qoldirdi va Fozilga bo‘lgan hurmatlari ikki karra oshib ketganini guvohi bo‘ldim.
Ertaga tarkibda o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. Mister o‘ziga xos reja tayyorlab qo‘ygan ertangi o‘yinga. Barcha rejalarimiz amalga oshib, yuzimiz yorug‘ bo‘lishini tilab qolamiz!
Yoqubjon Bobojonov, O‘FA Matbuot xizmati
Senegal bosh murabbiyi Afrika kubogi finalida jamoasini maydondan olib chiqib ketdi [3268]
Klopp "Real"ga javob qaytardi [3105]
Flik: «La Liga hakamlari haqida doim yaxshi fikr bildiraman, ammo mana bu yigit…» [2962]
Xavi mashhur klubni qabul qilib olishi mumkin [2640]
Afrika Millatlar kubogi. Final. Senegal — Marokash — 1:0 (videosharh) [2357]
Sadio Mane nega Senegal futbolchilarini maydonga qaytishga ko‘ndirganini aytdi [2325]
"Real"ning YECHLdagi navbatdagi o‘yinida kimlar ishtirok etmasligi aniq [2242]
La Liga. «Real Sosyedad» — «Barselona» — 2:1 (videosharh) [2086]
"Manchester Siti" YECHL o‘yini qaydnomasini e’lon qildi (foto) [2059]
Asilbek Aliyev: «Bu men uchun yangi bosqich, yangi imkoniyat» [2007]













