Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

«Bunyodkor» Sergey Simonenko oldidagi qarzini to‘ladi

«Bunyodkor» Sergey Simonenko oldidagi qarzini to‘ladi

Baho:
+ | -

Toshkentning “Bunyodkor” klubi ukrainalik futbolchi Sergey Simonenko oldidagi qarzlaridan qutuldi. Bu haqda hamkasbimiz Diyor Imomxo‘jayev ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar bermoqda.

“Etib kelgan ma’lumotga ko‘ra, “Bunyodkor” ukrainalik legioner Sergey Simonenko oldidagi qarzlarini to‘lab bergan. Ya’ni, 2014 yildan buyon hal qilinmay kelayotgan masala klub rahbariyatida o‘zgarish bo‘lganiga tahminan bir haftacha o‘tib o‘z yechimini topgan. Avvalroq FIFA shu ish yuzasidan “Bunyodkor”ni Superligadagi 6 ochkosidan mosuvo qilgandi. Keyinroq esa tashkilot klubni quyi ligaga tushirib yuborish sanksiyasi haqida ogohlantirgandi.

Endilikda “Bunyodkor” Sergey Lushchan masalasini hal qilishi kerak. O‘FA mutaxassis uchun 2016 yilning mayidan boshlab qolib kelayotgan pulni to‘lab berish bo‘yicha qaror chiqargandi. Biroq Lushchan bunga qanaot qilmay, sudga murojaat qildi. Endilikda ish O‘FA tasarrufidan chiqib ketgan.

Simonenko agar uning hisobiga pul kelib tushsa, ayni vaqtda O‘zbekiston bankida saqlanayotgan pulini “Bunyodkor”ga qaytarib berishga va’da bergandi. Futbolchi o‘z va’dasida tursa, Toshkent klubida Lushchan bilan ishni hal qilish uchun ham imkoniyat paydo bo‘ladi.

Shuningdek, FIFA Doston Hamdamov transferi borasida o‘z qarorini e’lon qilsa, “Bunyodkor” uning orqasidan ham pul ishlab olishi mumkin bo‘ladi”, deya yozadi Diyor Imomxo‘jayev.

Kiritildi: 23:49, 16.01.2019.
O'qildi: 5382 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик