Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

«Oq bo‘rilar» «samuraylar» ovida. Tirishqoq Qirg‘iziston. Optimistik ruhdagi jurnalistika

«Oq bo‘rilar» «samuraylar» ovida. Tirishqoq Qirg‘iziston. Optimistik ruhdagi jurnalistika

Baho:
+1 | -

Joze Mourinyu «Portu»sini ko‘pchilik muxlislar yaxshi eslashsa kerak. «Benazir» oddiy futbolchilar bilan butun Yevropani tiz cho‘ktirgan edi, o‘shanda. Ko‘plab futbol mutaxassislari g‘alaba sirini juda ko‘p bor tahlil qilishga urunishgan, lekin hech qanday revolyusion taktik uslub, yoki noodatiy o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarsiz «Portu» klubining qanday qilib bu darajaga olib chiqish mumkin ekanligini topa olishmagan. CHL finalidagi «Monako» ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng, Mourinyuga bir jurnalist butun futbol ommasini qiziqtirgan savolni beradi :

-G‘alabalaringizning kaliti yoki siri nimada?

- (Kuladi) hech qanday sir yo‘q. Men shunchaki, futbolchilarning yuraklaridagi qo‘rquvni siqib chiqardim, ular, avvalo, o‘zlarining qo‘rquv va hayajonini yengishdi, oqibatda, hech qaysi klubdan qo‘rqmay qo‘yishdi.

Darhaqiqat, bu so‘zlarni bejiz keltirmadik. Sababi, bizdagi raqibdan cho‘chish jurnalistlardan tortib futbolchilarimizga ham yuqqaniga mana 15 yil bo‘lmoqda. Vadim Abramovning ustun tomoni nimada edi bilasizmi? U juda ham kuchli psixolog edi! U O‘zbekistonga hech qanday yangi uslub olib kirmagan, shunchaki futbolchilarimizni o‘z kuchiga ishonishni o‘rgata olgan, xolos. Yaponiya termasi ustidan qozonilgan yagona g‘alabamiz ham o‘sha davrlarga to‘g‘ri keladi.

Men kecha Qirg‘iziston termasining o‘yinini ko‘rib to‘grisi, zavqlandim. Qo‘shnilarimiz maydonda jang qilishdi va haqli ravishda play-offga yo‘llanma olishdi. Qirg‘izistonning yutug‘i - ular Xitoy, Janubiy Koreya termalariga qarshi cho‘chimasdan maydonga tushishdi va oxirigacha kurashishdi! Hisob ham shunga yarasha bo‘ldi. Oqibatda, so‘nggi turda to‘plar nisbati minimal ko‘rinishda edi.

Sven Erikson boshchiligidagi kuchli FIllipin termasini o‘zbekcha qilib aytganda «ko‘tarib yerga urishdi».

Abu Ali ibn Sinoning mashhur so‘zlarini eslang

«Agar bemor o‘zi tuzalishni istamasa, unga hech qanday dori-darmon yordam berma olmaydi.»

Ektor Kuper eng ideal tarkib va taktik sxemani tanlagani bilan futbolchilarimiz o‘z-o‘zini yenga olishsa, bugungi uchrashuvda Yaponiyani taslim qila olishadi. Ko‘pchilik meni «hissiyotga beriluvchansan»-, deya tanqid qilishadi.

Ustozimiz Hayrulla aka Xamidovning : «Har bir jurnalistning o‘z pozisiyasi va dunyoqarashi bo‘lishi kerak»,- degan so‘zlarini eslaymanu, shunchaki kulib, tanqidlarni yengaman.

Qachonlardir o‘qigan edim. Futbolning ashaddiy muxlilsari hech qachon saraton xastaligiga chalinmas ekanlar. Sababi, o‘yinni tomosha qilayotgan vaqtdagi tanadan otilib chiqgan emosiya hamma streslarni parchalab, insonni ruhan tetiklashtirar ekan.

Bu maqolaning asli mohiyati nimada ekanligini futbolni chuqur tushunadigan sodiq muxlislarimiz darrov anglashiga ishonaman.
Bugungi uchrashuvda terma jamoamizdan faqat va faqat chiroyli o‘yin kutib qolamiz. Bizning muxlislar o‘yinni uyida o‘tirib tomosha qilgani bilan futbolchilarimizdan kam hayajonlanmayaptilar, minglab chaqirim uzoqda bo‘lsalar ham, qalban va ruhan jamoamizni qo‘llab-quvvatlamoqdalar. Yuragida vatan, millat tuyg‘usi bo‘lgan inson uchun bu tabiiy.

Chunki bu-milliy terma jamoamiz!

Olga O‘zbekiston, biz shu yerdamiz!

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:31, 17.01.2019.
O'qildi: 8243 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.