"Paxtakor" jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvidan so‘ng, murabbiy shtabi futbolchilarga qisqa muddatli dam olish imkoniyatni bergan edilar.
Bugundan jamoa a’zolari yana Toshkentda yig‘ildilar va navbatdagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlariga kirishdilar. Mashg‘ulotlar "Qibray" tumanida davom ettirilmoqda. Tarkibga yana bir qator yangi futbolchilar kelib qo‘shilgan. Tez orada ushbu futbolchilar haqida sizlarga to‘liq ma’lumot beramiz.
"Surxon" PFK matbuot xizmati.