Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
18/03 19:15 Xorazm 1-2 Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum 0-1 OKMK
18/03 22:45 Barselona 7-2 Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya - Atalanta
19/03 01:00 Liverpul - Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem - Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli

Xorij nashrlari Avstraliya va O‘zbekiston o‘yini haqida nimalar yozishmoqda?

Xorij nashrlari Avstraliya va O‘zbekiston o‘yini haqida nimalar yozishmoqda?

Baho:
+4 | -

«Foxsport» nashri terma jamoamizni Avstraliya uchun «qutidagi syurpriz» bo‘ladi,- deya ta’rif bergancha davom etadi:

O‘zbekiston guruhda birinchi o‘rinni bemalol egallashi mumkin edi, lekin «oq bo‘rilar» buni istamagan ko‘rinadi. Avstraliyaga O‘zbekiston bilan bo‘ladigan o‘yin oldidan xursand bo‘lishga erta. Bu jamoa Kuperning qo‘l ostida qutidagi noma’lum sovg‘adek tushunub bo‘lmas narsa bo‘ladi Uchrashuvning asosiy vaqti katta ehtimol bilan 1 : 1 hisobida yakunlansa kerak. Umuman olganda, bu uchrashuv gollarga boy o‘tmaydi. Ikkala jamoa ham o‘z imkoniyatlarini yaxshi biladi va matchni ehtiyotkorlik bilan o‘tkazishadi. G‘alaba qozonish imkoniyati O‘zbekiston terma jamoasida biroz ko‘proq desak, bo‘ladi. Avstraliya hozirda avvalgidek kuchli emas.

Avstraliya saytlari (ABC news, va boshqa ko‘plab saytlar ochiqchasiga o‘z termalarini bu uchrashuvda yaqqol fovorit deya atashmoqda )esa 2011-yildagi 6-0 hisobidagi g‘alaba haqida qayta – qayta ta’kidlamoqda. Bu bilan Avstraliya OAV muxlislar ongiga psixolagik ta’sir o‘tkazishni istashmoqda.

Dunyoning yetakchi saytlaridan biri «1xbet» saytining mutaxassislaridan biri - erkin jurnalist, bloger Maksim Konovalov bu o‘yin haqida o‘ziningfikrini bildirdi:

Ikkala jamoa ham o‘z guruhlarida 2-o‘rinni qayd etishdi va bir xil 6 ochko bilan guruh bosqichni yakunlashdi. Hozirda Avstraliya yuqori darajadagi jamoa emas, lekin O‘zbekiston uchun havfli raqib. JCH da ishtirok etgan Avstraliya bilan hozirgisining anchagina farqi bor.

O‘zbekiston terma jamoasi Ektor Kuper boshchiligida jangavor tayyorgarlik bilan bu uchrashuvga yetib kelishadi. Ular 3-turda Yaponiya bilan tengma – teng kurash olib bordi. So‘nggi daqiqalarda gol urishlari ham mumkin edi. «Oq bo‘rilar»ga o‘sha kuni omad yetishmadi.

Avstraliya esa 3 – turda Suriya bilan juda og‘ir o‘yin o‘tkazdi va omadi ham keldi.

Xulosa qilib shuni aytishim mumkin, O‘zbekiston bu o‘yinda, albatta, gol uradi va asosiy vaqt mobaynida yutqazmaydi.

Ayni damda Internet olamidatermamiz haqida mana shunday yangiliklar. Nasib qilsa, bu ruknimizni keyingi sonini mag‘lubiyatga uchragan Avstaliya terma jamoasi haqidagi xorij matbuotida chiqqan yangi maqolalar bilan yoritamiz.

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 17:57, 20.01.2019.
O'qildi: 29959 marta.
Fikrlar: 18 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.