Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

«Barselona»ning yangi futbolchisi el-klasikoda gol urmoqchi

«Barselona»ning yangi futbolchisi el-klasikoda gol urmoqchi

Baho:
+ | -

«Barselona» klubi yangi futbolchisiga aylangan Kevin-Prins Boateng o‘z hissiyotlari bilan o‘rtoqlashdi. «Sassuolo» uni «ko‘k-anorranglilar»ga yarim yilga ijaraga berdi.

«Bu jiddiy sinov. Bu yerga asosiy tarkib futbolchisi sifatida kelmaganimni tushunib turibman. Shunga qaramay, mening maqsadim — klubda muvaffaqiyatli o‘ynash va bu yerda uzoq yillar qolish.

Hozir 32 yoshdaman. «To‘qqizinchi raqamli futbolchi» vazifasini bajarish menga to‘g‘ri keladi. Ishonamanki, o‘z xususiyatlarim orqali jamoaga nafim tegadi. «Sassuolo» bilan xayrlashish og‘ir bo‘ldi. Men u yerda haqiqatan baxtli edim, ammo «Barselona»ga rad javobini berish qiyin.

Bor e’tiborimni yangi jamoaga qaratganman. Navbatdagi el-klasikoda gol urishga umid qilaman», – dedi futbolchi Marca nashriga bergan intervyusida.

Kataloniyaliklarning «Real»ga qarshi navbatdagi bahsi 3 mart kuni «Santyago Bernabeu»da bo‘lib o‘tadi. Azaliy raqiblar Ispaniya kubogining yarim finalida to‘qnash kelib qolish ehtimoli ham yo‘q emas. Bunday holatda "klasiko" yanada ertaroq ro‘y beradi.

Manba: bombardir.ru
Kiritildi: 08:19, 23.01.2019.
O'qildi: 5866 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик