Jermen Defo va Garri Rednapp
Defoga ilk bor asosiy tarkibdan joy bergan murabbiy aynan Harry Rednap ekanligini ko‘pchilik yaxshi bilsa kerak. «Vest Hem» safidagi o‘yinlari bilan muxlislar nazariga tushgan hujumchi Rednap iste’foga chiqqandan so‘ng uning ortidan «Portsmunt» jamoasiga o‘tib ketadi. Rednap biroz vaqt o‘tgach, «Tottenhem» da ish boshlaydi. Qarabsizki, Defo ham tez orada «Tottenhem» futbolchisi!
Tan olish kerak, Defo boshqa murabbiylar qo‘l ostida ham o‘ynagan, lekin eng yorqin davrlari aynan Garri Rednapp qo‘l ostida o‘tgan yillariga to‘g‘ri keladi.
Rikardu Karval’yu va Joze Mourin’yu
Bu ikki portugaliyaliklarning hayot yo‘llari avvaliga «Portu» jamoasida tutashadi. Joze uning himoyadagi hatti-harakatlaridanmi, yo boshqa sababmi, iloji boricha doim o‘z jamoalari safida ko‘rishni istagan. Avvaliga uni naqd 30 million yevro evaziga Abramovich «Portu» dan harid qiladi. Keyinchalik Joze «Real Madrid»ni boshqarayotgan paytda klub mutasaddilaridan Karvaliyoni harid qilishlarini talab qiladi. Klub direktori 32 yoshlik himoyachini 8 million yevroga harid qiladi va 3 yillik shartnoma taklif etadi. Joze dunyoning manaman degan yulduzlarini ham bir mavsumda zahiraga mixlab qo‘yishi bilan ancha nom qozongan, lekin tanganing ikki tamoni bo‘ladi deganlaridek, uning mana shunday erkaliklari ham bor.
Patrik Klyuvert va Lui Van Gal
Gollandiya futbolining eng yorqin ikki yulduzi doim yonma-yon bo‘lgan desak, adashmagan bo‘lamiz. Keling boshidan boshlaymiz.
Van Gal «Ayaks» jamoasi bilan CHL ning finaliga chiqadi. U o‘sha mavsum 19 yoshli Klyuvertni qo‘rqmasdan asosiy tarkib futbolchisiga aylantiradi va xato qilmaydi. Klyuvert o‘sha CHL finalidagi yagona golga ham mualliflik qiladi. U Van Galning qarshiligiga qaramasdan, faoliyatini Italiyaning «Milan» jamoasida davom ettirish uchun Gollandiyadan ko‘chib ketadi. Afsuski, Klyuvert «Milan» safida yo‘qolib qoladi. U hujumdagi raqobatga dosh bera olmaydi va zahira o‘rindig‘iga mixlanib qoladi. Uning o‘yinidagi pasayishga ham qarmasdan Van Gal uni o‘zi boshqarayotgan «Barselona» safiga chaqiradi.
Klyuvert Lui Van Gal qo‘l ostida yana avvalgi darajasiga chiqib oladi. U «Barselona» safida o‘zining eng «gullagan» davrlarini sevimli murabbiysi qo‘l ostida o‘tkazadi. Yillar o‘tgach ular yana ajralishadi…
Van Gal 2014-yilgi Mundial oldidan Gollandiya terma jamoasi bosh murabbiysi deb e’lon qilinadi. U ishni Klyuvertni yordamchi murabbiy sifatida o‘z shtabiga ishga olishdan boshlaydi va suyukli shogirdi bilan o‘sha Mundialda 3-o‘rinni qayd etadi.
Van Gal shogirdlari turnir finali oldidan Argentinaga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lishadi. 3-o‘rin uchun kechgan bahsda esa Braziliyani 3 : 0 hisobida yengishadi. Klyuvert futbol olamida qanday yutuqqa erishgan bo‘lsa, deyarli hammasi Van Gal bilan bog‘liq. Van Gal uni kashf etdi, yulduz futbolchiga aylantirdi, kuchli depressiya holatidan olib chiqdi, murabbiylik sir-asrorlarini o‘rgatdi… Mana buni haqiqiy ustoz va shogird desak bo‘ladi.