Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona

Ispaniya kubogi. «Real Madrid» «Jirona»ni mag‘lub etdi

Ispaniya kubogi. «Real Madrid» «Jirona»ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Ispaniya Kubogi chorak final ilk bahsidan o‘rin olgan "Real» Madrid" va "Jirona" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. "Santyago Bernabeu" o‘yingohida bo‘lib o‘tgan o‘yin mezbonlarning irodali g‘alabasi bilan tugadi.

O‘yinning 7-daqiqasidayoq mehmonlar ilk xavfli hujumlarini gol bilan yakunlashdi. Entoni Losano chap qanotdan uzatib berilgan to‘pni yaqin masofadan madridiklar darvozasiga joylab qo‘ydi.

Bunga maydon eagalari birinchi bo‘limdayoq ikkita to‘p bilan javob qaytarishdi. 18-daqiqada o‘ng qanotdan tashkil qilingan hujumni Lukas Vaskes muvaffaqiyatli yakunladi. Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida Vinisius Junior raqib jarima maydonida qo‘pollik bilan to‘xtatildi, penaltini Serxio Ramos aniq bajardi.

66-daqiqada Markos Lyorente o‘z jarima maydonida qo‘li bilan o‘ynadi, natijada belgilangan penaltini Aleks Granel aniq bajarib muvozanatni tikladi. Shundan keyin qaymoqranglilar yana hujumga zo‘r berishdi.

77-daqiqada Ramos Marselo tomonidan uzatib berilgan to‘pni boshi bilan darvozaga joylab yana jamoasini oldinga olib chiqqan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmay Vinisiusning uzatmasidan so‘ng Karim Benzema bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qilib jamoasining to‘rtinchi golini urdi.

Shu tariqa, "Real" 31 yanvarda bo‘lib o‘tadigan javob o‘yini oldidan o‘zi uchun qulay hisobni qayd etib oldi.

Ispaniya Kubogi

Chorak final, ilk o‘yin

Real Madrid – Jirona 4:2 (2:1, 2:1)

Gollar: 0:1 – 7 Losano, 1:1 – 18 Vaskes, 2:1 – 42, penalti Ramos, 2:2 – 66, penalti Granel, 3:2 – 77 Ramos, 4:2 – 80 Benzema.

Real Madrid – Kurtua, Ramos, Marselo, Odriosola, Nacho, Modrich (Kroos, 63), Kazemiro (Lyorente, 59), Vaskes, Sebalyos (Isko, 70), Vinisius Junior, Benzema.

Jirona – Iraysos, Xuanpe, Munyesa, Raul Garsiya, Alkala (Espinosa, 46), Garsiya (Payk Sin Xo, 59), Duglas Luis, Granel, Ramalyo, Losano (Portu, 78), Dumbiya.

Ogohlantirishlar: Alkala (36), Nacho (45), Ramos (62), Lyorente (66).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 07:21, 25.01.2019.
O'qildi: 5893 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.