Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/01 01:00 Brentford 0-0 Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend 0-0 Manchester Siti
03/01 00:45 Kalyari 0-1 Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Xetafe
03/01 16:30 Komo 1-0 Udineze
03/01 17:30 Aston Villa 3-1 Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta 4-1 Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo 1-1 Parma
03/01 19:00 Jenoa 1-1 Piza
03/01 20:00 Brayton - Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton - Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna - Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus - Lechche
03/01 22:30 Elche - Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut - Arsenal
04/01 00:45 Atalanta - Roma
04/01 01:00 Espanyol - Barselona
04/01 16:30 Lasio - Napoli
04/01 17:30 Lids - Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya - Levante
04/01 19:00 Fiorentina - Cremonese
04/01 20:00 Everton - Brentford
04/01 20:00 Fulhem - Liverpul
04/01 20:00 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem - Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid - Betis
04/01 22:00 Verona - Torino
04/01 22:30 Malyorka - Jirona
04/01 22:30 Alaves - Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi

Bolalar futboli: Mini-futbol bo‘yicha «O‘FA Kubogi» musobaqasining 4ta bosqichi yakuniga yetdi

Bolalar futboli: Mini-futbol bo‘yicha «O‘FA Kubogi» musobaqasining 4ta bosqichi yakuniga yetdi

Baho:
+ | -
O‘zbekiston futbol assosasiasiyasi tomonidan mamlakatimizda bolalar futbolini rivojlantirish va uni ommaviylashtirish maqsadida ko‘plab musobaqalar, festivallar va turnirlar  o‘tkazib kelinmoqda.    2018 yilda O‘zbekiston futbol assosasiasiyasi tomonidan jami 1000 ga yaqin musobaqalar o‘tkazildi. Ushbu musobaqalarda o‘zini ko‘rsata olgan yosh futbolchilar O‘zbekiston yoshlar va o‘smirlar terma jamoalariga saralab olindi.    O‘zbekiston futbol assosiasiyasi hamda Xalq ta’lim Vazirligi o‘rtasidagi imzolangan Memorandumga asosan  umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida mini-futbol (futzal) bo‘yicha “O‘FA KUBOGI” musobaqasi tashkil etildi.   Mazkur musobaqa 5 bosqichda o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, hozirgi kunga kelib musobaqaning 4ta bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi. Musobaqaning 1-bosqichi maktab o‘rtasida o‘tkazilib,  unda jami: 8276ta umumiy o‘rta ta’lim maktablari qatnashdi. Birinchi bosqichda 50 ming nafarga yaqin o‘quvchi-yoshlar musobaqalarga jalb qilindi.    Musobaqaning 2-bosqichi tuman (shahar) miqiyosida bo‘lib o‘tdi. Unda jami 6269ta umumiy o‘rta ta’lim maktablari qatnashgan bo‘lsa, jami 80 mingdan ortiq o‘quvchi-yoshlar ishtirok etishdi. Musobaqaning 3-viloyat bosqichi 203ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarini qamrab oldi. Musobaqalarga jami ikki yarim mingdan oshiq o‘quvchi-yoshlar jalb qilindi.   Musobaqaning 4-mintaqaviy bosqichi 2019 yilning 18-20 yanvar kunlari bo‘lib o‘tdi. Bu bosqich Jizzax, Navoiy, Namangan hamda Toshkent viloyatlarida o‘tkazildi hamda unda. jami 14ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ikki yuzga yaqin o‘quvchi-yoshlari qatnashishdi. Hududiy musobaqada Respublika final bosqichiga Qashqadaryo, Namangan, Navoiy viloyatlari hamda Toshkent shahri jamoalari yo‘l oldi.   O‘tkazilgan 4ta bosqich davomida jami 130 mingdan ortiq o‘quvchi-yoshlar musobaqalarga jalb qilinganini alohida ta’kidlab o‘tish kerak.   Musobaqaning 5-Respublika final bosqichi Toshkent shahrida o‘tkaziladi.

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 14:22, 25.01.2019.
O'qildi: 2010 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.