Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti

Bugun Fransiyada karate bo‘yicha «Premyer-Liga» musobaqasi start oladi

Bugun Fransiyada karate bo‘yicha «Premyer-Liga» musobaqasi start oladi

Baho:
+ | -

Bugun Fransiya poytaxti Parij shahrida karate bo‘yicha nufuzli «Premyer-Liga» turniri boshlanadi.

Musobaqada jahonning 82 mamlakatidan 750 dan ortiq sportchi sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib boradi. Bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etadilar.

Eslatib o‘tamiz, terma jamoamiz musobaqada quyidagi tarkibda qatnashadi:

-60 kg: Sadriddin Saymatov
-67 kg: Iqboljon Uzoqov
-75 kg: Dostonbek Otabolayev

-50 kg: Bahriniso Babayeva
-61 kg: Barno Mirzayeva

Murabbiylar: O‘ktam Bekpo‘latov, Dilnoza Bakirova.

Bugun Sadriddin Saymatov, Iqboljon Uzoqov, Dostonbek Otabolayev hamda Bahriniso Babayeva bahslarga kirishadi. Barno Mirzayeva esa ertaga o‘z omadini sinab ko‘radi.

Ma’lumot uchun, ushbu «Premyer-Liga» turniri Tokio 2020 Olimpiadasi lisenziyasi uchun reyting ochkolarini taqdim etuvchi musobaqa hisoblanadi. Milliy olimpiya qo‘mitasi mazkur turnirda karatechilarimizga omad tilaydi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 14:29, 25.01.2019.
O'qildi: 1743 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик