O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Turkiyaning Antaliya shahrida yig‘in o‘tkazayotgani haqida avval xabar berib o‘tgandik.
Yig‘in davomida futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilash bo‘yicha ish olib borildi. Shuningdek, olimpiya terma jamoasiga nomzod futbolchilar sinovdan o‘tkazib olindi.
Yig‘in davrida bir qator nazorat uchrashuvlari ham o‘tkazildi. Jumladan, Ozarbayjonning "Keshla" (0:0), Ruminiyaning "Mediash" (1:3), Qozog‘istonning "Taraz" (0:1) klubilariga qarshi o‘tkazilgan o‘yinlar orqali Olimpiya terma jamoasiga nomzod futbolchilar sinovdan o‘tkazilib, ularning jismoniy holati ko‘zdan kechirildi va ular o‘rtasidagi bog‘lamlar bo‘yicha ish olib borildi.
Bugun O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Turkiyadagi yig‘inni yakunladi. Kechqurun futbolchilarimiz Toshkentg qaytib kelishadi. O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Lyubinko Drulovich Turkiyadagi yig‘inda qatnashgan Ravshan Haydarov bilan uchrashib, yig‘in bo‘yicha ma’lumotlarni oladi. Yig‘in davomida o‘zini ko‘rsatgan futbolchilarning natijalari ko‘rib chiqiladi.
Zo'r TV yangi mavsumda 5 ta turnirni namoyish etadi [5822]
Mourinyo qo‘ng‘irog‘idan so‘ng bu futbolchi "Real"ni tanladi [3524]
Enso Mareska "Manchester Siti"ning yangi sardorlarini e’lon qildi [3376]
«Real» Mourinyuning ikki transfer istagini bajara olmadi [3001]
"Siti" uchinchi taklifni ham rad etdi [2202]
“Arsenal”ga qarshi bahsda Abduqodir Husanovning harakatlari qanday baholandi? [2085]
Ferran Torres «PSJ»ga o‘tganidan so‘ng «Barselona» muxlislariga murojaat qildi [1708]
Alvares transferi amalga oshmasa, "Barselona" kimni sotib oladi? [1656]
"Arsenal" — "Manchester Siti". Tarkiblar e’lon qilindi [1481]













