Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Ronaldinyo tan bergan futbolchilar (Futbol afsungarining intervyulariga asoslanib)

Ronaldinyo tan bergan futbolchilar (Futbol afsungarining intervyulariga asoslanib)

Baho:
+ | -1

 

Ronaldinyo o‘z kariyerasi davomida ko‘plab mashhur futbolchilar bilan zamondosh bo‘lgan. Qahramonimizga u bilan birga to‘p surgan, yoki unga qarshi o‘ynagan futbolchilarning eng kuchlisi qaysi? - deya juda ko‘p bor savol berishgan ekan. Biz bugun shu savol va javoblarga tayangan xolda uning ramziy jamoasini tuzishga urunib ko‘ramiz

Darvozabon – Buffon

«Men uning darvozasiga atigi bir marotoba gol urganman. O‘sha golni ham penaltidan urgan edim. Buffon – menga qarshi o‘ynagan eng kuchli darvozabon»

 

Himoyachi – Jon Terri

«Shu paytgacha ko‘rgan himoyachilarning eng kuchlisi! U doim eng qiyin vaziyatlarda jamoasini g‘alaba sari yetaklay oladigan haqiqiy jangchi va sardor».

Himoyachi – Paolo Maldini

«Biz u bilan atigi bir mavsum to‘p surdik. Qisqa muddat ichida u meni hayratga sola oldi. To‘g‘risi, unga havasim keldi. Men Yevropaning istalgan himoyachisidan bemalol o‘tib ketishim mumkin, faqat 38 yoshli Maldinidan emas. Sababi, u ekstra himoyachi»

Qanot himoyachisi – Roberto Karlos

«Unga etibor bermay ilojingiz yo‘q.U mening kumirim, Karlosning o‘yinlaridan doim zavqlanganman»

Qanot himoyachisi – Kafu

“JCH da g‘olib bo‘lganimizda muxlislar Braziliya terma jamoasining o‘yinlaridan hayratda qolgan edilar. Biz turnir davomida hujumda juda chiroyli o‘yin ko‘rsatgan edik.

Garchi Kafuning turnir davomida ko‘rsatgan ajoyib o‘yiniga hech kim e’tibor qaratmagan bo‘lsada, u men ko‘rgan futbolchilarning eng mehnatkashi”

Tayanch yarim himoyachisi – Klod Makalele

Makalelening «Real Madrid»dan ketishi «galaktikos»ning o‘yinlariga sezilarli darajada ta’sir o‘tkazadi. U maydon bo‘ylab aqlbovar qilmas tezlikda harakat qilar,maydonda 3 kishining ishini bir o‘zi bajarar edi. Afsuski, u bilan birga to‘p surish Ronaldinyoga nasib etmadi

Yarim himoyachi – Frenk Lampard

Ronaldinyo «Barselona» safida o‘ynab yurgan chog‘lari Frank Reykarddan bir necha bor uni harid qilishini so‘ragan ekan.

«Lampard himoya va hujumda birdek faollik ko‘rsatadigan kam sonli yarim himoyachilardan biri edi…»

Lampard ham afsungar haqida iliq fikrlar bildirgan:

«Ronaldinyo biz tug‘ilgan sayyoradan emas. Uning o‘yinlariga e’tibor bering. Shunda haqiqiy afsungarni ko‘rasiz…»

Hujumkor yarim himoyachi – Kaka

Bu ikki futbolchining hayot tarzi ikki xil bo‘lsa ham, kariyerasi juda o‘xshash. Ikkisi ham o‘zining to‘liq imkoniyatlarini ko‘rsata olishmadi. Kakaga jarohatlar halaqit bergan bo‘lsa, Ronaldinyo o‘z ustida ishlashdan to‘xtab qoldi va taxtini yo‘qotdi. Braziliya futbolining eng kuchli yarim himoyachisi Ronaldinyoning orzular jamosidan xaqli ravishda joy olmoqda.

O‘ng qanot hujumchisi – Lionel Messi

Ronaldinyo yosh Messini har jabhada qo‘llab –quvvatlar edi. O‘sha davrlarda juda ko‘pchilik futbol mutaxassislari Messi Ronaldinyoning shogirdi deya bong urishar, bu ikki yulduzning bir jamoada o‘ynashini xohlashar edi, ammo, Roni jamoadan ketmagunicha Messi to‘liq imkoniyatlarini ko‘rsata olmadi…

Messi Ronaldinyo haqida

«Roni mening ustozim edi. Undan juda ko‘p narsalarni o‘rganganman…»

Ronaldinyo esa aksincha, Messini o‘zidan ko‘ra iqtidorliroq ekanligini OAV orqali bir necha bor e’lon qilgan. Uning Messi haqidagi mashhur iqtiboslaridan birini keltirib o‘tamiz:

“Men «Barselona»da o‘ynagan paytlarim hozirgi Messichalik kuchli bo‘lmaganman, darhaqiqat, u sayyoramizning eng kuchli futbolchisi va bu nomni hali-beri hech kimga berib qo‘ymasa kerak”

Chap qanot hujumchisi – Teri Anri

“U menga qarshi o‘ynagan eng tezkor futbolchilardan biri. U to‘p bilan va to‘psiz huddi raketa singari tezkor…

 

Markaziy hujumchi – Ronaldo (so‘yloq)

U men bir jamoada to‘p surish nasib qilgan fenomen. Men qo‘rqmay uni Pelega tenglashtirgan bo‘lardim. Ronaldo va Pele Braziliya futbolining chinakam afsonalari

Xulosa o‘rnida

Pul yoki unvon uchun emas, shunchaki futboldan rohat olish, o‘z texnikasi orqali millionlab muxlislarning ko‘zlarini quvnatish uchun maydonga tushgan qahramonimizni futbolning asl muxlislari hech qachon yodidan chiqarishmaydi U futbol olami taxtida uzoq o‘tirmadi, lekin, muxlislar qalbida o‘zi uchun abadiy joy hozirlashga ulgurdi

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev

 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:11, 26.01.2019.
O'qildi: 15059 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.