Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Joze Mourinyu inqirozining sababi. Uning kuchli va kuchsiz tomonlari. Kelajakdagi jamoasi.

Joze Mourinyu inqirozining sababi. Uning kuchli va kuchsiz tomonlari. Kelajakdagi jamoasi.

Baho:
+ | -

Joze Mourinyu inqirozining sababi. Uning kuchli va kuchsiz tomonlari. Kelajakdagi jamoasi.«Benazir» ning kariyerasida sezilarli pasayish kuzatilgani achinarli. Futbol olamida o‘ziga xos uslub va yangi imidj olib kirgan murabbdiy hozirda deyarli ishsiz qoldi. Bugun uning tannazuli sababini qidirib ko‘ramiz.

Uning kuchli va ojiz tomonlari

Joze o‘zining hamma katta g‘alabalarini o‘rtamiyona futbolchilar bilan qo‘lga kiritgan. «Portu» jamoasi bilan Yevropani zabt etgan paytlarini eslang… Jamoada deyarli yulduz o‘yinchilar yo‘q edi. Joze bor masalliqdan ajoyib foydalangan va butun dunyoni o‘ziga qaratgandi…

So‘ng «Chelsi» jamoasidagi ilk chempionlikni eslang…

Joze bujamoani katta transferlarsiz ham chempion qila olgandi. Vaholanki, o‘sha chog‘lari «Manchester Yunayted» va «Arsenal» jamoalari ayovsiz kurashgan, lekin g‘oliblik osonlikcha qo‘lga kritilmagandi. Keyin esa Abramovich CHL g‘olibligini xohlab qoladi va Jozening «bor masalliqdan tayyorlaydigan taomi»dan voz kechishini talab qiladi. Mourinyu doim o‘zi ishlagan jamoalarda o‘rtamiyona futbolchilarni o‘ziga «bo‘ysundirar», tez orada ularni yulduz darajasiga olib chiqardi. Misol uchun «Chelsi» yetakchilari Terri va Lampard u kelguniga qadar APL da o‘rtamiyona saviyada edi. Joze ularni futbol olamiga tanitdi va yulduz darajasiga olib chiqdi. Abramovichning katta transferlari Jozening rejalarini birin - ketin barbod qila boshladi. Sababi, harid qilingan yulduz futbolchilar o‘rtamiyona o‘yinchilardan farqli o‘laroq, Jozening ko‘rsatmalarini to‘liq bajarmas, Mourdan qo‘pol qilib aytganda sira hayiqmas edilar. (Andrey Shevchenko so‘zimizga yaqqol misol bo‘la oladi. U klubga kelgach, Joze bilan bir necha bor janjallashadi. Yangi harid qilingan o‘yinchilar ham Shevaning izidan boradi va Jozega«bo‘ysunmay» qo‘yishadi) . Bu omil tez orada butun jamoani ich-ichidan yemirilishiga olib keldi va Joze iste’foga chiqdi…

«Inter» Mour qo‘l ostiga o‘tgan paytda «ko‘k – qora»larning tarkibida deyarli yarq etgan yulduz o‘yinchi yo‘q edi. «Real Madrid» safida o‘z o‘yinini yo‘qotgan Snayder, 31 yoshli hujumchi Millito, o‘zining so‘nggi mavsumlarini o‘tkazayotgan Samuel, Lusio, Kambiasso, u qadar ommaga tanish bo‘lmagan Pandev singari o‘rtamiyona futbolchilar bilan qahramonimiz«bor masalliqdan tayyorlanadigan taom» ni xozirlashga kirishib ketadi.

Yodingizda bo‘lsa, o‘sha Joze «Inter» ni boshqargan yillari Snayder, Maykon, Balotelli, Millito singari futbolchilarni o‘ziga «bo‘ysundirib» ikki mavsum ichida super yulduzlarga aylantirgan edi. Haligacha yodimda Maykonning o‘sha paytlardagi narhi taxminan 80 million atrofida edi. Vaholanki, Mour endi ish boshlagan paytlari Maykonning narhi uzog‘I bilan 15 millionni tashkil etardi, xolos…

Joze 2009-2010 yillar oralig‘ida trebl qayd etadi va yana bir bor «Benazir» ekanligini hammaga namoyon qiladi. O‘sha yili uning jamoasi CHL g‘olibligi yo‘lida «Chelsi», «Barsa», «Bavariya» singari jamoalarni mag‘lubiyatga uchratib, haqli ravishda chempionlikni qo‘lga kiritgandi…

Davomi bor…

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:09, 26.01.2019.
O'qildi: 7530 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик