Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/01 19:00 Piza 0-3 Komo
06/01 22:00 Lechche 0-2 Roma
07/01 00:45 Sassuolo - Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem - Nottingem Forest
07/01 22:30 Bolonya - Atalanta
07/01 22:30 Napoli - Verona
08/01 00:30 Bornmut - Tottenhem
08/01 00:30 Brentford - Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas - Aston Villa
08/01 00:30 Everton - Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem - Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti - Brayton
08/01 00:45 Parma - Inter
08/01 00:45 Torino - Udineze
08/01 00:45 Lasio - Fiorentina
08/01 01:15 Byornli - Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl - Lids
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari

Sportchilarimiz chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruvlarda – ruxiy tayyorgarlikka ham alohida e’tibor qaratilmoqda

Sportchilarimiz chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruvlarda – ruxiy tayyorgarlikka ham alohida e’tibor qaratilmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Bugun, 28 yanvar kuni kamondan otish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi sportchilari MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazida chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruvdan o‘tishdi. Ular nevrolog, xirurg-travmatolog, stomatolog, lor, okulist, endokrinolog, ruxshunos va boshqa mutaxassislar qabulida bo‘lishdi.

Shuni alohida qayd etish lozimki, mazkur tibbiy ko‘riklarda ruxshunos bilan ishlashga alohida e’tibor qaratildi. Hamyurtlarimizning xalqaro arenalaridagi muvaffaqiyatli yurishlarida jismoniy tayyorgarlikdan tashqari, ruxiy tayyorgarlik ham katta ahamiyatga ega. Sportchi jismonan jihatdan xarchand kuchli bo‘lmasin, ruxiy tayyorgarliksiz musobaqaga borish so‘nggi pallalarda bizga pand berib qolishi mumkin. Oltinlar kumushga, kumushlar bronzaga aylanishi, sovrinli o‘rinlar uchun da’vogar sportchilar esa medalsiz qolishi xech gap emas.

Ana shu jihatlarni e’tiborga olgan holda ruxshunoslar sportchilarni tekshiruvdan o‘tkazishmoqda. Natijalarga qarab, ularga psixologik maslahatlar beriladi. Bundan tashqari ularda muvaffaqiyatga bo‘lgan motivasiyani aniqlash, qiyinchiliklarni yengib o‘tish yo‘nalishlarida ham ish olib borilmoqda.

MOQ ishlab chiqqan strategiya asosida sportning barcha olimpiya turlari bo‘yicha terma jamoalarimiz ana shu kabi chuqur tibbiy ko‘rikdan o‘tadilar. Maqsad esa bitta – Tokio 2020 Olimpiya o‘yinlarida barcha jabhalarda rekordlarni yangilash, yangi marralarni zabt etish.

 

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 13:30, 28.01.2019.
O'qildi: 1894 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.