Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Sog‘lom raqobat uchun kim ko‘proq kurashyapti, O‘FA yoki klublar?

Sog‘lom raqobat uchun kim ko‘proq kurashyapti, O‘FA yoki klublar?

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘tgan mavsum yarmida Superliga formatini o‘zgartirish harakatiga tushishgandi. Fakt shuki, mavsum o‘rtasida hech narsa o‘zgarmadi, formatni saqlab qoldik. Asablar ketdi, muhimi to‘g‘ri qaror chiqdi.

Turg‘unboyev ishi yuzasidan kimnidir aybdor qilib ko‘rsatmasdan ma’lumotlar berib turdim. Chunki ish ko‘rib chiqilmagan, aybdor kimligini o‘zim ham bilmayman. PFL oldin nima sababdan faol bo‘lmaganini, nima sababdan ma’lumot bermagani, mum tishlaganini tushungandekman. Oramizda “Xudo”sini aytib, "berdi"siga o‘tmaguncha toshbo‘ron qilib yuboradigan do‘stlarimiz hali ham bor. Qo‘rqoqning oldindan musht ko‘tarishi deb tushundik.

Osiyo kubogining o‘tib olishi muhim edi. Turg‘unboyev masalasi nafaqat uning o‘ziga, u orqali termaning qolgan futbolchilariga ham ta’sir qilishi mumkin edi. Endi esa PFL talabi bilan O‘FA ish ochdi (http://pfl.uz/news/sections/pfl/9994). Tez orada ko‘p narsa fosh bo‘ladi. Hammasini sabr bilan kutganlarga ming rahmat. Haqorat yog‘dirganlar esa hali ba’zi narsalarni bilishmaydi, ularni ochiqlashga haqim ham yo‘q edi.

“Surxon” masalasi xuddi o‘tgan yilgi format masalasidek bo‘ladi deb umid qilaman. “Surxon” A Pro-ligada o‘ynashi kerak. Na PFL, na O‘FA uni Superligada o‘ynaydi deb bayonot bermasidan turib, shu haqda ovoza boshlanibdimi, demak, boshlaganlar ham javob berishlari shart bo‘ladi, ayniqsa ular murabbiy bo‘lsa va ayniqsa shunday ma’lumot yordamida futbolchilar bilan shartnoma tuzayotgan bo‘lsa.

Ilhom Mo‘minjonov va Ro‘zimboy Ahmedov masalasi ham ko‘riladi. Shu vaqtgacha ko‘p narsadan xabardor bo‘lgan klub haqiqatni aytarmikin, deb kutildi. Ko‘rinishidan, ishni imi-jimida qilish osonroq ekan. Savol: sog‘lom raqobat uchun kim ko‘proq kurashyapti, O‘FA yoki klublar?

Diyor Imomxo‘jayev

 

Manba: Диёр Имомхўжаев телеграм канали
Kiritildi: 17:32, 31.01.2019.
O'qildi: 3236 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик