Londonning “Tottenhem” klubi yarim himoyachisi Jorj-Kevin Nkudu faoliyatini “Monako”da davom ettiradi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.
23 yoshli futbolchi mavsum oxiriga qadar Fransiya chempionatida to‘p tepadi.
Eslatib o‘tamiz, Jorj-Kevin 2016 yildan beri “Tottenhem” sharafini himoya qilmoqda.
Joriy mavsumda u APLda 1 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan.