Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/11 05:00 Urugvay - Kolumbiya
14/11 05:00 Peru - Chili
14/11 14:10 Avstraliya 0-0 Saudiya Arabistoni
14/11 17:00 KXDR 2-3 Eron
14/11 19:00 Bahrayn 0-1 Xitoy
14/11 19:00 Kuvayt 1-3 Janubiy Koreya
14/11 21:00 Ummon 1-0 Falastin
14/11 21:15 Iroq 0-0 Iordaniya
14/11 21:15 Qatar 3-2 O‘zbekiston
14/11 21:15 BAA 3-0 Qirg‘iziston
15/11 02:00 Venesuela - Braziliya
15/11 04:30 Paragvay - Argentina
15/11 05:00 Ekvador - Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Asian cup. Kutib oling yangi chempion! Qatar ilk bor Osiyoni zabt etdi

Asian cup. Kutib oling yangi chempion! Qatar ilk bor Osiyoni zabt etdi

Baho:
+ | -

Bugun BAAda Osiyo kubogining finali Yaponiya – Qatar uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Ushbu o‘yinni Stadion.uz onlayn translyasiya qilib boradi.

YANGILASH

 Osiyo kubogining finali Yaponiya – Qatar uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Ushbu o‘yin oldidan tadiondagi fotolavhalarni tomosha qiling.

Ushbu o‘yin oldidan qatarlik futbolchilar bir jamoa bo‘lib rasmga tushishdi.

Yaponiya terma jamoasi futbolchilari “Sheikh Zayed Sports City” stadioniga yetib kelishdi.

Qatar ham finalda qatnashish uchun stadionga yetib oldi.

 Asosiy tarkiblar bilan tanishing.

Yaponiya - Qatar

19:00, «Sheikh Zayed Sports City»

Yaponiya: Gonda, Yosida, Tomiyasu, Nagatomo, Siotani, Doan, Sibasaki, Minamino, Xaraguti, Sakai, Osako.

Qatar: Al Sheb, Al-Ravi, Xassan, Pedru Migel, Xuxi, Salmon, Xatem, Madibo, Afif, Xalid, Ali.

Yaponiya o‘yin oldidan mashg‘ulotlarga kirishdi.

Uchrashuv bosh hakam hamyurtimiz Ravshan Ermatov ikki terma jamoani maydonga olib chiqdi. 

Osiyo kubogining final o‘yini boshlandi, to‘pni yaponiyaliklar boshlab berishdi.

O‘yin yaponiyaliklarning ustunligida o‘tib turgan bo‘lsada, qatarliklar to‘p nazoratini qo‘lga olishdi. 

Yaponiyaliklar dastlabki daqiqalardanoq bosim o‘tkazib, qo‘pol o‘yin namoyish qilmoqda. 

O‘yinda hisob ochildi o‘yinning 12-daqiqasida Ali Almoyez qaychi uslubida Gonda turgan darvozani ishg‘ol qildi.

Hozircha Qatar himoyaviy o‘yin uslubiga o‘tdi, Yaponiya esa to‘p nazoratini o‘z bo‘ynig olib hujum tashkil qilish harakatida.

O‘yinning 20-daqiqasida Gaku Shibasaki Afifga nisbatan qo‘pol o‘ynagani uchun bosh hakam Ravshan Ermatov tomonidan sariq kartochka bilan jazolandi.

Hozirda o‘yinning 24-daqiqasida ketmoqda so‘nggi 10 daqiqada Yaponiya hujumga o‘tgan bo‘lsa, qatarliklar qarshi hujum bilagn o‘ynashmoqda.

O‘yinning 27-daqiqasida Aziz uzoq masofadan zarba berib qatarliklarni yana oldinga chiqardi.  

Hozirda o‘yinning 38-daqiqasida ketmoqda samuraylar hujumga juda ko‘p o‘tmoqda, qatarliklar hozirda himoyaviy o‘yin namoyish qilmoqda.

Uchrashuv bosh hakami Ravshan Ermatov tomonidan qo‘ishb berilgan ikki daqiqa ham tugadi birinchi bo‘lim hisobi (0:2).

O‘yinning ikkinchi bo‘limi boshlandi hisob (0:2). 

Ikkinchi bo‘limda qatarliklar butkul himoyaviy o‘yinni ko‘rsatishmoqda, Yaponiya esa tinmay hujum uyushtimoqda.

O‘yinning 57-daqiqasida Aziz yaqqol imkoniyatni qo‘ldan boy berdi.

Uchrashuvning 61-daqiqasida Xuxi og‘ir jarohat oldi va uning o‘rniga Al Xajri maydonga tushdi.

62-daqiqada Muto  Xaraguchi o‘rniga maydonga tushdi.

Uchrashuvning 69-daqiqasida Minamino hisobni qisqartirdi. 

O‘yinning 80-daqiqasi o‘tib bormoqda Ravshan Ermatov videotakrorlar tizimi (VAR)ga murojaat qilib Yaponiya darvozasi tomon penalti belgiladi va Afif hisobni yiriklashtirdi.

O‘yinning so‘nggi daqiqalari o‘tib bormoqda Yaponiya juda ko‘p hujumlarni tashkil qilmoqda. Biroq, Qatarning mustaxkam himoyasini yorib o‘tolmayapti. 

O‘yin tugadi Qatar ilk bor tarixida Osiyo chempioni bo‘ldi.

Manba: Stadion
Kiritildi: 20:49, 01.02.2019.
O'qildi: 9501 marta.
Fikrlar: 24 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.