Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/01 20:00 Vyetnam 2-2 Janubiy Koreya
24/01 00:45 Inter - Piza
24/01 01:00 Levante - Elche
24/01 17:30 Vest Xem - Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano - Osasuna
24/01 19:00 Komo - Torino
24/01 20:00 Xitoy - Yaponiya
24/01 20:00 Byornli - Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem - Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti - Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya - Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina - Kalyari
24/01 22:30 Sevilya - Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut - Liverpul
25/01 00:45 Lechche - Lasio
25/01 01:00 Vilyarreal - Real Madrid
25/01 16:30 Sassuolo - Cremonese
25/01 18:00 Atletiko - Malyorka
25/01 19:00 Atalanta - Parma
25/01 19:00 Jenoa - Bolonya
25/01 19:00 Nyukasl - Aston Villa
25/01 19:00 Brentford - Nottingem Forest
25/01 19:00 Kristal Pelas - Chelsi
25/01 20:15 Barselona - Real Ovyedo
25/01 21:30 Arsenal - Man. Yunayted
25/01 22:00 Yuventus - Napoli
25/01 22:30 Real Sosyedad - Selta

Saken Polatov: «Ishonchni albatta oqlayman»

Saken Polatov: «Ishonchni albatta oqlayman»

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Xabar berib o‘tganimizdek, bugun Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston boks federasiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi o‘tkazildi. Unda Saken Polatov federasiya raisining birinchi o‘rinbosari etib saylandi. Milliy olimpiya qo‘mitasi Matbuot va media departamenti o‘zbek boksidagi ma’suliyatli lavozimga tayinlangan mutaxassis bilan intervyu tashkil qildi.

Sportga muhabbat

Bolaligimdan sportni yaxshi ko‘raman. Sportchilarni ko‘rib doimo havas qilardim. Shuning uchun qaysi sohada bo‘lishimdan qat’iy nazar ushbu sohani rivojlantirishga o‘z hissamni qo‘shishga harakat qilaman.

Sportga bo‘lgan mehrim sabab Toshkentning «Lokomotiv» futbol klubi tizimida ham faoliyat olib borganman. Men «Lokomotiv»ni o‘zbek futbolidagi eng yaxshi loyihalardan biriga aylana olganidan baxtiyorman.

Boks haqida

Milliy olimpiya qo‘mitasi tomonidan bildirilgan ishonchdan xursandman. Bokschilarimizning qudratini juda yaxshi bilaman. Charm qo‘lqop ustalarimiz nafaqat Osiyo, balki jahon miqyosida ham yetakchilardan hisoblanishadi. Rio Olimpiadasi, Osiyo chempionati va Osiyo o‘yinlarida ular tomonidan qayd etilgan natija so‘zimning yaqqol isboti bo‘la oladi. Umid qilamanki, biz birgalikda ushbu natijalarni yanada yaxshilay olamiz.

Ishni nimadan boshlaydi?

Eng avvalo viloyatlardagi hududiy federasiyalar bilan tanishaman. Qolaversa, murabbiylar kengashiga alohida e’tibor qarataman. O‘quv-mashg‘ulot jarayonlarini qayta ko‘rib chiqaman. Shuningdek, yana bir qator loyihalarni rejalashtirib qo‘yganman.

O‘zbek sporti so‘nggi 1 yil ichida sezilarli o‘sishga erishdi. Buni 2018 yil davomida o‘tkazilgan Jakartadagi Osiyo o‘yinlari va Buenos-Ayresdagi o‘smirlar Olimpiadasida qayd etilgan natijalar ham isbotlab turibdi. Bu eng avvalo muhtaram Prezidentimiz, qolaversa Milliy olimpiya qo‘mitasi tomonidan sportchilarimiz uchun yaratib berilayotgan sharoitlar samarasidir.

O‘z navbatida MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov boshqa sport turlari qatorida boksga ham kerakli shart-sharoitlar yaratilishini ta’kidlab o‘tdi. Ishonamanki, birgalikda barcha o‘ylagan maqsadlarimizga erishamiz. Ushbu tayinlov menga nafaqat mas’uliyat, balki qo‘shimcha kuch ham beradi. Fursatdan foydalanib, menga bildirilgan yuksak ishonch uchun Milliy olimpiya qo‘mitasi va shaxsan O‘zbekiston boks federasiyasi raisi Achilbay Jumaniyazovich Ramatovga minnatdorchilik izhor etaman. O‘zimga bildirilayotgan ishonchni albatta oqlayman.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 17:38, 02.02.2019.
O'qildi: 3273 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.