Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Shu yoshda ham futboldan ketmagan yulduzlar. (Abadiy darbadarlar!)

Shu yoshda ham futboldan ketmagan yulduzlar. (Abadiy darbadarlar!)

Baho:
+ | -2

Bazi futbolchilar 30 yoshdan o‘tgach keriyerasini tugatish haqida o‘ylab qoladi. Bazilar esa aynan shu yoshda saviyasizroq ligalarda bo‘lsa ham to‘p tepish uchun dunyo kezishni boshlab yuborishadi. bugun shunday futbolchilar haqida qisqacha

Lusio

«Bavariya», «Inter» singari grand jamoalardagi o‘yinlari bilan hammamizning yodimizda qolgan futbolchi hali ham butsalarini mixga ilmagan desak ishonasizmi? Darhaqiqat, bunga ishonish qiyin. Lusio avvaliga Hindiston chempionatida o‘zini bir necha yil sinab ko‘rdi. Keyinchalik Braziliyaning 3-divizon vakilli safiga borib qo‘shildi. Hozir qahramonimizning yoshi 50 ga yetganda yurtining 4-division jamoasi sharafini himoya qilmoqda. Haqiqatdan ham uning ishlari tahsinga sazovor.

Yussi (Yossi) Benayun

«Chelsi» va «Liverpul» jamoalari sharafini himoya qilgan isroillik futbolchini tanisangiz kerak. U APL jamoalarida ko‘rinish berib turdiyu, birdaniga yo‘q bo‘lib qoldi. Benayun 1 yil futboldan uzoqlashdi va yana futbolga qaytdi, faqat endi APL da emas o‘z yurti jamoalari safida ko‘rinish berdi. Shu kungacha Benayun Isroil chempionatining 6 ta jamoasida to‘p surishga ulgurdi. Uning yoshi 38 da bo‘lishiga qaramasdan, qahramonimiz futbolni tark etishni hayoliga ham keltirmayapti. Isroilning «Baytar» klubi bilan uning shartnomasi bor. Katta ehtimol bilan bu klub uning kariyerasidagi so‘nggisi emas.

Tim Kehill

 

Avstraliya futbolining tirik afsonasi hali ham katta futbolni tugatganicha yo‘q. «Everton» jamoasi bilan hayrlashgan qahramonimiz «New York Red Buls» jamoasida bir necha yil harakat qildi. Aynan shu jamoa uning kariyerasidagi so‘nggi klub deya tahmin qilinayotgandi. Tim kutilmaganda Hindiston chempionatiga yo‘l oldi. Hozirda u «Jamshudpur» jamoasi sharafini himoya qilmoqda. Ha, aytgancha, hozirda qahramonimiz 40 yoshda bo‘lsa ham, Hindiston chempionatida yo‘qolib qolmayapti.

Samuel Eto'o

«Chelsi», «Barselona», «Inter» singari grand jamoalarda to‘p surgan qahramonimiz hali ham «rizqini terib yuribdi». Faoliyati mobaynida 3 ta CHL kubogi va bir nechta chempionatlar g‘olibligini qo‘lga kiritgan Samuel hozir Qatarning «Qatar SK» jamoasi sharafini himoya qilmoqda. 39 yoshga qarab ketayotgan Afrikaning 4 karra eng yaxshi o‘yinchisi arablarning pullarini behijolat qo‘lga kiritmoqda. Eto‘o faoliyatini hali beri tugatmasa kerak. Sababi, unga hali ehtiyoj bor. Ehtiyoj bor ekan, demak, Eto‘o futbol o‘ynashdan hali beri to‘xtamaydi.

Bonus

Diyego Forlan va Dimitar Berbatov

Bu ikki futbolchi hozirda erkin agent sifatida har qanday takliflarni ko‘rib chiqishmoqda. Forlanning so‘nggi jamoasi Gan-kong klubi bo‘lgan bo‘lsa, Berbatov Hindiston chempionati vakili bilan shartnomani uzaytirishni xohlamadi. Bu futbolchilar istalgan o‘zbek klublarini bemalol kuchaytira olishadi.

Bizning klublarning transfer siyosatiga hech tushunmayman. Nahot, futbol olamidagi shunday yulduzlarni O‘zbekiston diyoriga olib kelish fikri uyg‘onmagan bo‘lsa. Berbatovku mayli, Forlan yoshi o‘tib qolgan bo‘lsada, formasini yo‘qotmagan. Familiyasi vich bilan tugaydigan legionerlardan ko‘ra ancha foydaliroq futbolchi ekanligi aniq. Uning mahorati bizning yosh futbolchilar uchun mahorat maktabini o‘tab berishi hech kimga sir emas. Forlan o‘zining so‘nggi mavsumida Gang-kong chempionatida to‘p urar bo‘lganini hisobga olsak, u futbol bilan hamon proffisional shug‘ullanmoqda. Uning o‘zbek klublarida to‘p surishi biz uchun faqat foydadan holi bo‘lmas edi. Bilmadim, balki men futbolni u qadar yaxshi tushunmasman?! Yana kim biladi deysiz?!

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:12, 03.02.2019.
O'qildi: 13046 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик