Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/01 22:30 Kristal Pelas 1-1 Fulhem
01/01 22:30 Liverpul 0-0 Lids
02/01 01:00 Brentford 0-0 Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend 0-0 Manchester Siti
03/01 00:45 Kalyari - Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano - Xetafe
03/01 16:30 Komo - Udineze
03/01 17:30 Aston Villa - Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta - Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo - Parma
03/01 19:00 Jenoa - Piza
03/01 20:00 Brayton - Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton - Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna - Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus - Lechche
03/01 22:30 Elche - Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut - Arsenal

Salaning samolyotidan bir jasad topildi (foto)

Salaning samolyotidan bir jasad topildi (foto)

Baho:
+ | -

La-Mansh bo‘g‘ozida «Kardiff» hujumchisi Emiliano Salaning halokatga uchragan Piper PA-47 Malibu samolyoti qoldiqlari o‘rganilmoqda.

Suvosti videokamerasidan foydalanilgan holda samolyotning ichida bir jasad borligi aniqlangan. Hozircha uning shaxsi aniqlanmagan. Eslatib o‘tamiz, havo kemasi bortida futbolchi va uchuvchi Devid Aybbotson bo‘lgan edi.

Ma’lumot o‘rnida, 21 yanvar kuni kechqurun Emiliano Sala Fransiyaning «Nant» klubidagi jamoadoshlari bilan xayrlashib, «Kardiff Siti» bilan shartnoma imzolash maqsadida, xususiy samolyotda Uelsga uchib ketdi. Biroq, samolyot ko‘zlangan manzilga yetib kelishidan 1 soat oldin radarlardan yo‘qolib qoldi. Bundan biroz avvalroq, futbolchi WhatsApp’dagi chatga «hozir samolyot parchalanib ketsa kerak», degan xabarni jo‘natishga ulgurgan edi. Samolyot qoldiqlari 3 fevral kuni dengiz ostidan topildi. Uni izlash ishlariga xayriya asosida katta miqdorda mablag‘ to‘plandi.

Manba: BBC
Kiritildi: 18:34, 04.02.2019.
O'qildi: 19208 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.