Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand - Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt - Livan
31/01 17:00 Indoneziya - Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston - Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya

Murodjon Ahmadaliyev jahon chempionligi uchun ringga chiqadi

Murodjon Ahmadaliyev jahon chempionligi uchun ringga chiqadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Professional boksning birinchi yarim yengil (-55,34 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Murodjon Ahmadaliyev (5-0, 4KO) WBA jahon chempionligi uchun ringga chiqishi lozim. Bu haqda GoSport.uz internet-nashriga ma’lum qildi.

Murodjon Ahmadaliyev va mazkur yo‘nalish bo‘yicha chempion, amerikalik Daniel Roman (26-2-1, 10 KO) promouterlari jangni tashkil qilish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Jang bo‘yicha kelishuv uchun so‘nggi muddat 6 fevralgacha deb belgilab qo‘yilgan. Agar tomonlar 48 soat davomida kelisha olishmasa, WBA shtab-kvartirasi sanalgan Panamada jangni tashkil qilish uchun ochiq savdo boshlanadi.

Savdoning birinchi sharti jang mukofot jamg‘armasining minimal qiymati 120 ming dollarni tashkil etishi kerak bo‘ladi. Bunda amaldagi chempion sovrin jamg‘armasining 75 foizini qo‘lga kiritsa, da’vogar 25 foiz pulga egalik qiladi. Bu degani jang tashkil qilinsa, Murodjon Ahmadaliyev eng kamida 31 250 dollar miqdorida mukofotga ega bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Murodjon Ahmadaliyev WBA Intercontinental chempionlik kamari sohibi sanaladi. U so‘nggi marta 2018 yil 24 noyabr kuni Ayzek Sarateni (16-4-3, 2KO) 9-raundda texnik nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratgandi. Shu jangdan so‘ng u reytingda birinchi o‘ringa ko‘tarilib olgan. Fevral oyidagi reytingda ham u birinchi o‘rinni saqlab qolgach, Roman bilan titul jangi uchun birinchi raqamli da’vogar nomini saqlab qolgandi.

Manba: uz24.uz
Kiritildi: 14:19, 05.02.2019.
O'qildi: 3352 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.