Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Andrey Fyodorov: «Shunchaki sonni to‘ldirish uchun futbolchi zarur emas»

Andrey Fyodorov: «Shunchaki sonni to‘ldirish uchun futbolchi zarur emas»

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, shu kunlarda “Lokomotiv” yangi mavsumga hozirlikni Turkiyada olib boryapti.

O‘zbekistonning amaldagi chempioni bu yil ham o‘z oldiga katta maqsadlarni qo‘ygan. Avvalo chempionlikni saqlab qolish, O‘zbekiston Kubogida zafar quchish hamda Osiyo chempionlar ligasida imkon qadar uzoqqa borish. Buning uchun tarkibga bir nechta yangi futbolchilar qo‘shib olindi.

“Lokomotiv” kecha Turkiya yig‘ini doirasida o‘zining ilk o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. Moskvaning “Dinamo” klubi bilan kechgan bahsda 1:1 hisobi qayd etildi. “Temiryo‘lchilar” safida Avazbek O‘lmasaliyev gol muallifi bo‘ldi. O‘yindan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Andrey Fyodorov klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.

– Andrey Vitalyevich, yangi mavsumga tayyorgarlik qanday ketyapti?

– Yig‘in yaxshi davom etyapti. Ob-havo ham bemalol ochiq maydonda shug‘ullanish imkonini beryapti. Birinchi kelganimizda ob-havo xalaqit berib yaxshi shug‘ullana olmasak kerak deb o‘ylagandik. Lekin hozircha hammasi yaxshi. BAAda tashkil etilgan dastlabki yig‘inda asosiy e’tiborni futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilashga qaratgandik. Bu yerda esa jismoniy holat bilan birga to‘p bilan ishlashni ham asosiy o‘ringa qo‘yganmiz. Meni xursand qilgan jihati jamoamizga yangi qo‘shilgan futbolchilar tezda kirishib keta olishdi. Bu jamoa uchun juda muhim.

– Darvoqe, yangi futbolchilar haqida nima deya olasiz? 


– Ular uchun xursandman. Har bir jamoada o‘zgarishlar ro‘y berib turadi. Kimdir ketadi, kimdir keladi. Futbolda bu normal holat. Muhimi, jamoa o‘z uslubini saqlab qolishi. Har bir mashg‘ulotda futbolchilar berilgan ko‘rsatmalarni uddalab bajarishga harakat qilishyapti. Umuman jamoadagi barcha yuqori ishtiyoq bilan ishlayapti. Kecha Turkiya yig‘ini doirasida dastlabki o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdik. Sekin-asta yangi futbolchilar ham o‘zlarini ko‘rsatishmoqda. Hali oldinda uchta nazorat bahsi bor va bu uchrashuvlarda ham futbolchilarni sinab ko‘ramiz. O‘ylaymanki, birinchi rasmiy o‘yingacha jamoa yaxshi formaga kiradi.

– Nima deb o‘ylaysiz, jamoaga yana yangi futbolchilar kerakmi? 

– Yangi futbolchilar har doim kerak. Chunki professional klub yil bo‘yi seleksiya siyosatini bir zum to‘xtatmaydi. Ammo hozirgi tarkibdan ko‘nglim to‘q. Bu o‘rinda bizdan shu futbolchilardan yaxlit jamoa tuzish talab qilinadi. Agar jamoani haqiqatan kuchaytira oladigan bo‘lsa yangi futbolchi kerak. Shunchaki sonni to‘ldirish uchun o‘yinchi zarur emas deb o‘ylayman.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 17:22, 05.02.2019.
O'qildi: 3193 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.