Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Shamshod Sarikov: «O‘FAning qarorini hurmat qilishimiz lozim»

Shamshod Sarikov: «O‘FAning qarorini hurmat qilishimiz lozim»

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, bugun O‘FA Aziz Turg‘unboyev ishi bo‘yicha o‘z qarorini e’lon qildi. Unga ko‘ra «Navbahor» vingeri endi yozgacha o‘ynay olmasligi ma’lum bo‘ldi.

Bundan tashqari «Navbahor»ning sobiq bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov 1 yil muddatga futboldan chetlatildi. «Paxtakor» sport direktori Ja’far Irismetov «Navbahor» vise-prezidenti Shamshod Sarikovlar ham O‘FA qaroriga binoan 6 oy muddatga futboldan chetlatildi. Biz yuqoridagi masalalar borasida Shamshod Sarikov bilan bog‘lanib «Navbahor» futbol klubi vise-prezidentidan intervyu oldik.


«Navbahor» muxlislari nafaqat klubning balki, klub hodimlarining ham taqdiriga befarq emasliklariga yana bir bor amin bo‘ldim. O‘FAning bugungi qaroridan so‘ng namanganlik muxlislar tinimsiz qo‘ng‘iroqlar qilib hol-ahvol so‘rashmoqda. Kerak bo‘lsa ijtimoiy tarmoqlarda men bilan bog‘lanib “Aka, biz siz bilanmiz” deb dalda berib qo‘llab-quvvatlab turishibdi. Barcha muxlislarga rahmat aytmoqchiman. Bugungi xabarlarga keladigan bo‘lsak O‘FAning qarorini biz albatta hurmat qilishimiz lozim. Qarorni to‘g‘ri deb qabul qildim. Tan olishimiz kerak, reglamentni buzish kabi xatoliklar bo‘lgan. Umid Ahmadjonov to‘g‘ri yo‘ldan ketmoqda. Bunday ishlar uchun keskin choralar ko‘rishni to‘g‘ri qaror deb bilaman va shunday oqilona choralardan so‘ng futbolda o‘sish va rivojlanish bo‘ladi. Endi bunday holatlarni takrorlamaslik uchun klubdagi ba’zi hodimlarni almashtiramiz va malakalarni oshiramiz.

Aziz Turg‘unboyev haqidagi bugungi gaplardan so‘ng bir narsani aytib qo‘yishim kerak. Turg‘unboyev «Navbahor» uchun oxirigacha turib berdi. Muxlislardan iltimosim futbolchini ayblamasdan uni qo‘llab-quvvatlab turishga chaqirib qolaman. Turg‘unboyev haqiqiy Namangan farzandi ekanligini, «Navbahor»ni yaxshi ko‘rishini va muxlislarni hurmat qilishini hammamizga ko‘rsatib berdi. Bu yerda hech qanaqasiga Azizbekni aybi bor deb o‘ylaymayman. Futbolchi balki xato qilgandir lekin, uni xato qilishga majbur qilishgan. Ba’zi muxlislar havotirga tushib qolishmoqda. Shuni aytib o‘tmoqchimanki, «Navbahor»ni orqasida faqat Sarikov degan inson emas, uning millionlab Namangan xalqidek jonkuyar muxlislari bor.

Endi men vaqtincha futboldan uzoqda bo‘laman. Lekin bir narsani va’da qilaman. Nasib qilsa yaqin kunlarda «Navbahor» 4 ta super transferlarni amalga oshiradi. Bu bo‘yicha ishlarni boshlab qo‘ygan edik, yaqinda e’lon qilinadi. Ushbu transferlarga men o‘zim bosh-qosh bo‘lmasam ham, men ishongan hodimlar bu ishlarni oxirigacha yetkazib qo‘yishlariga ishonaman. Klubdagi rivojlanish aslo to‘xtab qolmaydi. Jamoaning hozirgi holati ham yomon emas lekin, chempionlik yo‘lida tarkib yana kuchaytiriladi. Klub o‘z oldiga qilinaligan ishlar bo‘yicha uzoq yillik reja tuzgan va ushbu reja asosida ishlar amalga oshiriladi. Endi oldingidek «Navbahor» bo‘lmaydi. Bundan keyin biz futbolchilar bilan uzoq muddatli shartnomalar imzolaymiz, yangi yulduzlarni kashf etamiz va ushbu yulduzlar Yevropa maydonlarida to‘p suradi. «Navbahor» har tomonlama professional klubga aylantiriladi. Biz izlanishdan to‘xtamaymiz va albatta o‘zbek futboli rivoji uchun o‘z hissamizni qo‘shamiz.

Azizbek Turg‘unboyev haqida yana ikki og‘iz. Muxlislardan turli xil mish-mishlarga ishonmasliklarini, Aziz unday ekan, Aziz bunday ekan degan gaplarni gapirmasliklarini so‘rab qolaman. Chunki Aziz yana qaytaraman, haqiqiy mardni ishini qildi. «Navbahor» uchun oxirigacha turib berdi. Bundan keyin ham turib beradi. Biz ham Turg‘unboyev uchun har doim turib beramiz. Hozir futbolchiga faqat va faqat muxlislarning daldasi kerak. Biz, jamoamizning har bir futbolchisini xurmat qilamiz va bu kabi og‘ir hollarda ularni yolg‘izlatib qo‘ymaymiz. «Navbahor» bu «Paxtakor»dan qo‘rqadigan oldingi «Navbahor» emas. Bundan keyin ham «Navbahor», Sarikovsiz ham «Paxtakor» va boshqa Superliga klublari bilan bo‘ladigan har qanday muammolarni o‘zi hal qila oladi. Jamoa shu va shunga o‘xshash ishlarda aslo bo‘sh kelmaydi. Bizning jamoa har doim yuqori maqsadlar uchun kurashishda davom etadi.» - deydi Shamshod Sarikov.

Manba: FCMuhlis
Kiritildi: 08:37, 06.02.2019.
O'qildi: 2682 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.