Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut
20/01 20:30 Qayrat 1-4 Bryugge
20/01 22:45 Bude-Glimt 3-1 Manchester Siti
21/01 00:52 Kopengagen - Napoli
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ - Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy - Atletiko
22/01 01:00 Bavariya - Yunion
22/01 01:00 Marsel - Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl - PSV
22/01 01:00 Slaviya - Barselona
22/01 01:00 Chelsi - Pafos
22/01 01:00 Yuventus - Benfika
22/01 01:00 Atalanta - Atletik Bilbao

«El-klasiko». Murabbiylar ishtirokidagi matbuot anjumani (FOTO)

«El-klasiko». Murabbiylar ishtirokidagi matbuot anjumani (FOTO)

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Bugun tunda Kataloniyada Ispaniya kubogi yarim finali dastlabki uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Unda mamlakatning eng kuchli ikki klubi "Barselona" va "Real" klublari bahs olib boradi. Ikki jamoa bosh murabbiylari uchrashuv haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

Ernesto Valverde Messi haqida: Agar Messi o‘zini yaxshi his qilsa u maydonga tushadi. Oldinda yana bir mashg‘ulot bor. Agar u to‘liq yuklamalarga tayyor bo‘lsa, shunga qarab ish tutamiz. Ba’zida oxirigacha kutishga to‘g‘ri keladi. Lekin men o‘z yetakchim bilan tavakkal qilmoqchi emasman. Oldinda hali o‘yinlar juda ko‘p.

Santyago Solari: “Barselona”ga qarshi uchrashuv qiyin bo‘lishi aniq. Messi? Yaxshi futbolchi har bir uchrashuvda ishtirok etgani yaxshi. Messi bizning o‘yinimizga xalal bermaydi. Bu xuddi, River - Boka, Inter - Milan singari katta o‘yin bo‘ladi. Biz bunday o‘yinlarda maydonga tushishni yaxshi ko‘ramiz.

Ernesto Valverede: Ushbu to‘qnashuvda favorit yo‘q. Bizda ham, raqib jamoa safida ham ajoyib o‘yinchilar bor.

Taqvim haqiqatan ham qiyin. Nazarimda, mavsumning eng hal qiluvchi pallasi boshlanmoqda.

Santyago Solari taqvim haqida: Raqibga nisbatan bir kun kam dam olayotganimiz — juda qiziq. Umid qilaman, bu ataylib qilinmagan. Bu savolni taqvim tuzayotgan odamlarga bersangiz yaxshi bo‘lardi. Bizning vazifamiz — o‘zimizning eng yaxshi o‘yinimizni namoyish qilishdan iborat.

Ernesto Valverede Artur haqida: Artur? Uning ambisiyalari yuqori va hamisha to‘p bilan harakat qilishni istaydi. U jamoaning o‘yiniga yaxshi moslashib ketdi va Arturning foydasi ko‘p tegmoqda.

Santyago Solari: Taktik jihatdan syurprizlar bo‘lishini hech qachon oldindan aytib bo‘lmaydi. Bu faqat bir jamoaga bog‘liq emas. Chiroyli o‘yin ko‘rsatishni istaymiz. Bu klasiko, undan barcha rohatlanishini xohlaymiz: chiroyli o‘yin namoyish qilib, g‘alaba qozonmoqchimiz.

Eslatib o‘tamiz, mazkur bahs  6 fevraldan 7 fevralga o‘tar kechasi 01:00da boshlanadi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 12:42, 06.02.2019.
O'qildi: 7399 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.