Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Santyago Solari: «Ikkinchi golni urishimiz mumkin edi...»

Santyago Solari: «Ikkinchi golni urishimiz mumkin edi...»

Baho:
+ | -

«Real» bosh murabbiyi Santyago Solari Ispaniya kubogining yarim final bosqichi doirasida bo‘lib o‘tgan «Barselona»ga qarshi (1:1) borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Futbolda adolatsizlik haqida gapirish qiyin. Ikkinchi golni urish uchun biz bir nechta imkoniyatlarga ega bo‘ldik: Beyl, Kroos... Bu yaxshi, tomoshabop va sifatli o‘yin bo‘ldi, deydiganlarning fikriga qo‘shilaman. O‘ylaymanki, bu o‘yin bizga ham, muxlislarga ham yoqdi.

— 1:5 hisobidagi mag‘lubiyatdan keyin jamoa xarakter namoyish etishni istaganmidi?
— Bu uchrashuvlarni taqqoslashdan ma’no yo‘q. Jamoam mashg‘ulotlarda jiddiy ishlamoqda. Biz buni maydonda ham ko‘rdik.

— Javob o‘yinida qaysi jamoa favorit bo‘ladi?
— Bunga javob bera olmayman. Hamma narsa sodir bo‘lishi mumkin. Boisi, har ikkala klub — yuqori saviyada.

— Marseloning o‘yiniga qanday baho berasiz?
— Marselo — ikkinchi sardor. Biz uning eng yuqori formaga chiqishini kutamiz.

— Vinisiusning o‘yini haqida nima deya olasiz?
— Men hayron bo‘lmadim. U jamoaga kelganidan beri Junior bilan birga ishlab kelyapman. U 18 yoshda bo‘lishiga qaramay, u meni qoyil qoldirmoqda. Sababi, bunday holat har kimda ham yuzaga kelavermaydi. Jamoadoshlari ham uning klubga moslashib ketishi uchun yordam berishmoqda.

— «Atletiko» va «Ayaks»ga qarshi o‘yinlardan nimalar kutyapsiz?
— Keling, bosqichma-bosqich harakat qilamiz. Ertadan boshlab La liga haqida bosh qotira boshlaymiz.

— Foydalanilmagan vaziyatlar jamoaga xalal berdimi?
— Biz hamisha g‘alaba qozonishni istaymiz. Ikkinchi golni urish bizda imkoniyatlar bo‘ldi. Keyin esa o‘yin turlicha kechishi mumkin edi. Bugungi o‘yin — jamoa jiddiy ishlayotganining isboti.

— Lukas Vaskesga qanday baho berasiz?
— Undagi xislatlarni men qadrlayman: dadillik va fidoyilik.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 08:12, 07.02.2019.
O'qildi: 5580 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.