Madridning “Real” klubi direktori Butragenyo “Barselona”ga qarshi kechgan o‘yindan so‘ng fikrlarini bildirdi.
“Hisob tenglashishidan avval bizda yana 2-3 gol urish uchun qulay imkoniyatlar bo‘ldi. Vinisius jamoa uchun muhim futbolchiga aylanib boryapti.
Biz uning harakatlaridan mamnunmiz. Bizni oldinda qiyin taqvim kutyapti. Jamoa o‘yindan o‘yinga o‘sib boryapti”, -deydi Butragenyo.