Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 0-0 Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi

Rasmiy xabar...

Rasmiy xabar...

Baho:
+ | -

La-Mansh bo‘g‘ozi yaqinidagi Gernsi oroli polisiyasi Angliyaning “Kardiff” klubi hujumchisi Emiliano Sala halokatga uchragan samolyot bortida futbolchining jonsiz tanasi borligini tasdiqladi. Bu haqda WorldNews nashri ma’lum qildi.

Avvalroq, Sala o‘tirgan samolyotdan  topilgan jasad quruqlikga olib chiqilgan edi. Samolyot bortidan kimning tanasini chiqarilganligi oshkor qilinmayotgan edi. Tana kimga tegishli ekanini o‘rganib chiqish natijasida ekspertlar polisiyaga murda Emiliano Sala ekanligini ma’lum qilishdi. Ushbu samolyot bortida Emiliano Sala va uchuvchi Devid Aybbotson bo‘lgan.

Ma’lumot o‘rnida, 21 yanvar kuni kechqurun Emiliano Sala Fransiyaning “Nant” klubidagi jamoadoshlari bilan xayrlashib, “Kardiff Siti” bilan shartnoma imzolash maqsadida, xususiy samolyotda Uelsga uchib ketadi.

Biroq, samolyot ko‘zlangan manzilga yetib kelishidan 1 soat oldin radarlardan yo‘qolib qoldi. Futbolchi halokatga uchrashidan avval WhatsApp’dagi chatga “hozir samolyot parchalanib ketsa kerak”, degan xabarni jo‘natishga ulgurgan edi.

Samolyot qoldiqlari 3 fevral kuni dengiz ostidan topildi. Uni izlash ishlariga xayriya asosida katta miqdorda mablag‘ to‘plandi.

Emiliano Raul Sala Taffarel – 1990 yil 31 oktyabr kuni Argentining Las-Kolonyas departamentida dunyoga kelgan.

Manba: WorldNews
Kiritildi: 04:45, 08.02.2019.
O'qildi: 25240 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик