Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted - Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Penaltini urolmaydigan yulduzlar TOP 5

Penaltini urolmaydigan yulduzlar TOP 5

Baho:
+ | -

Penaltini urolmaydigan yulduzlar TOP 5

Penalti futbolning ajralmas bo‘lagiga aylanib ulgurdi. Uni amalga oshirish bir qarashda oson ko‘ringani bilan o‘ziga yarasha mashaqqatli ish. Bugun 11 metrlik zarbani amalga oshirishda qiyinchilkka uchraydigan futbolchilar haqida...

Marek Gamshik (Hamsik)

«Napoli» safida o‘yin o‘tkazish bo‘yicha rekordchi, klub safida yuzdan ortiq gollar urgan jamoa sardori. «Yuve» va «Milan» singari jamoalarning takliflarini rad etgan, o‘z klubining chinakam fidoyisi bo‘lgan Marek «Napoli»safida 28 bor 11 metrlik nuqtadan zarba berib, atigi 18 marotaba gol urgan ekan. Bunday salohiyatli futbolchi uchun yarashmaydigan statistika. Uning penaltining amalga oshirish imkoniyati 64 % tashkil etar ekan. Ishonish qiyin, ammo bu fakt

Memfis Depay

Gollandiyalik iqtidor o‘z vaqtida «PSV» jamoasida, keyinchalik «Manchester Yunayted» jamoasida ham bir necha bor o‘ta muhim 11 metrlik nuqtadan noaniq zarba berib, o‘yin taqdirini hal eta olmagan. Uning aybi shundaki, u penaltini o‘ziga ortiqcha ishonch bilan amalga oshiradi. Uning zargarona berilgan zarbalari yoki chiroyli golga aylanadi, yoki noaniq ketadi. Murabbiylar shu sababli unga penaltini u qadar ishonishmaydi. Memfis kariyerasi mobaynida 14 bor zarba berib, 6 bor gol ura olmagan ekan. Uning darajasidagi futbolchilar uchun bu juda ham past natija.

Haviyer Ernandes (Chicharito)

Chicharito maydonda eng qiyin vaziyatlardan ortiqcha qiyinchiliksiz gol kiritishi mumkin, ammo penaltini amalga oshirish borasidamaqtana olmaydi. U o‘z kariyerasi mobaynida 21 bor 11 metrlik nuqtadan zarba berib, 12 bor gol urgan ekan. Eng qizig‘i, Chicharito mana 2 mavsum 11 metrlik nuqtaga yaqin kelmayapti. Xato qilishdan qo‘rqib qolgan ko‘rinadi

Edin Djeko

U so‘nggi yilarda ketma-ket 3 bor penaltini amalga oshira olmagan kam sonli futbolchilardan biri. Edin 2 bor noaniq zarbadan so‘ng o‘sha davrlardagi «Roma»ning ustozi Spalettiga boshqa zarba yo‘llashni xohlamasligini aytgan. Spaletti esa yana bir bor urunib ko‘rishni iltimos qiladi, afsuski, «Torino» darvozasiga belgilangan penaltini amalga oshira olmagan Edin bu ishdan to‘liq ko‘ngli sovub ketadi. Omadsiz seriyadan so‘ng u Tvitterida shunday izoh qoldirgan edi:

«Men penaltini mashg‘ulotlarda ajoyib amalga oshiraman. O‘yin vaqtida esa hech narsani o‘xshata olmayman»…

Djeko faoliyati mobaynida 20 bor zarba yo‘llagan bo‘lsa, 11 bor darvozani ishg‘ol qilgan. Uning penaltini aniq amalga oshirish ehtimoli 55% ga teng.

Alexsis Sanches

Bu ismni eshitib ko‘pchilik hayron qolgan bo‘lsa kerak. Chililik hujumchi o‘z faoliyati mobaynida o‘yinda 12 bor top oldiga kelib, shularning atigi 4 tasini golga aylantirgan ekan. Uning penaltidan yo‘llagan zarbalari ko‘pincha kuchsiz va ishonchsiz chiqqani sababli, Gvardiola, Venger singari murabbiylar unga 11 metrlik nuqtaga yaqin kelmasligini talab qilishgan. Uning penaltini aniq amalga oshirish imkoniyati 40 % dan ham past. Shu, yoki boshqa sabablarga ko‘ra unga hozir yangi jamoasida ham penalti tepishga imkoniyat berishmaydi.

Yahyoxo'ja Ulug'xo'jayev

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:49, 08.02.2019.
O'qildi: 12642 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.