Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Umid Ahmadjonov: «Bugun o‘zbek sporti uchun tarixiy kun!»

Umid Ahmadjonov: «Bugun o‘zbek sporti uchun tarixiy kun!»

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Xabar berib o‘tganimizdek, bugun 8 fevral kuni xokkey bo‘yicha O‘zbekiston I chempionatining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

“Ice City” muz saroyida tashkil etilgan ochilish marosimida Milliy Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov ham ishtirok etdi.

MOQ rahbari tadbirda so‘zga chiqar ekan, ushbu tarixiy kun bilan barchani muborakbod etib o‘tdi va musobaqani rasman ochib berdi.

Bugun o‘zbek sporti uchun tarixiy kun desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Mustaqil O‘zbekiston tarixida xokkey bo‘yicha birinchi mamlakat chempionati start olmoqda.

Ayni paytda davlatimiz rahbari, muhtaram Shavkat Miromonovich tomonlaridan qishki sport turlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan "Humo" muz saroyining ochilish marosimiga ham oz vaqt qolmoqda. Ushbu arenaning foydalanishga topshirilishi yurtimizda qishki sport turlarining taraqqiyotiga katta turtki bo‘lishi shubhasiz.

Fursatdan foydalanib O‘zbekiston chempionatining barcha ishtirokchilariga omad tilayman. Musobaqada kuchlilar g‘alaba qozonsin. Ishonamanki, xokkey yurtimizda ham rivojlanib, yaqin yillarda sportchilarimiz xalqaro maydonlarda ham o‘z so‘zlarini ayta olishadi.

Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston birinchi chempionatini ochiq deb e’lon qilaman», – dedi MOQ prezidenti.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 22:58, 08.02.2019.
O'qildi: 4972 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.