Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

OCHL. «Paxtakor» va uning raqiblari haqida

OCHL. «Paxtakor» va uning raqiblari haqida

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor 12-fevral sanasida «Paxtakor» OCHL guruh bosqichi uchun kurashga kirishadi. Bugun «Paxtakor» va uning raqiblari imkoniyatlari haqida haqida qisqacha to‘xtalamiz

«Paxtakor» va uning Transfer siyosati

Shote Arveladze o‘zining noodatiy transfer yurishlarida davom etmoqda. Ko‘pchilik muxlislar yaxshi saviyadagi legionerni kutishayotgan bir paytda Sadriddin Abdullayev (30 yosh) harid qilindi. Tiago Bazerra ketgach, uning o‘rni Marat Bikmayev bilan to‘ldirildi. To‘g‘ri, Hamdamov va Hamrobekov singari futbolchilar harid qilindi, lekin baribir nimadir kamdek tuyulqmoqda. Balki, Arveladzening aynan shu futbolchilar uchun o‘zining rejalari bordir. Balki, aynan shu futbolchilar orqali kutilgan natijani qayd eta olar. Axir aytishadiku natijaga murabbiy JAVOB BERADI. Biz «Paxtakor»ning OCHL dagi yurishi uzoqqa cho‘zilishining tilakdoshimiz.

«Paxtakor»ning raqibi haqida

«Eyr Fors» klubi Iroq chempionatida chempionlik uchun kurash olib bormoqda. Jamoa safida bir nechta terma jamoa o‘yinchilari ham mavjud. Bosim Qosim boshchiligidagi Iroq klubi o‘tgan mavsumlarda OFK kubogi bahslarida ajoyib o‘yinlar ko‘rsatdi. Umumiy ta’riflaganda, «chaqilmas yong‘oq» misoli jamoa.Vaziyatga real ko‘z bilan qaraydigan bo‘lsak, «Paxtakor» ancha jiddiy raqibga qarshi maydonga tushmoqda. Iroq chempionati hozir ayni qizigan pallada. Futbolchilar to‘liq formaga kirib olishgan va Toshkentda osonlikcha taslim bo‘lmasligi aniq! Eslatib o‘tamiz, uchrashuv 12-fevral kuniToshkentdagi «Paxtakor» stadionida soat 15:00 da boshlanadi.

Keyingi Bekat «An-nasr» (BAA)

Nasib qilsa, keyingi bosqichdagi raqibimiz «An-nasr» jamoasi bo‘lishi hech kimga sir emas. Dubay shahriningjamoasi o‘z chempionatida hozirda 9- o‘rinda bormoqda va peshqadamdan 18 ochkoga orta qolmoqda. KlubAlvaro Negredo, Junior Dutra, Ronni Fernandes singari hujumkor futbolchilarga ega.

Bu klubning yana bir yulduz futbolchilaridan biri Fransiya terma jamoasi va «Arsenal»ning sobiq o‘yinchisiYoan Kabay sanaladi. U «An-nasr»ning hujumlarini boshlab berishda katta o‘rin tutadi va jamoa so‘nggi paytlarda aynan shu futbolchi atrofida shakllanmoqda.

«An-Nasr»ni BAA da hujumdagi eng kuchli jamoa deb atashadi. Ammo, himoyada yetarlicha muammolar mavjudligi sabab jamoa muhim uchrashuvlarda himoyachilarning xatolari evaziga ochko yo‘qotmoqda.

Jamoa uy uchrashuvlarini 12 ming muxlisga mo‘ljallangan «Al-Maktum» stadionida o‘tkazadi.Jamoani Serbiyalik Ivan Yovanovich boshqarib kelmoqda. U 2018-yil 19-yanvar sanasida Kairo Zanardining( Braziliyalik) o‘rnini egalladi.

OCHL ga chiqish imkoniyati

«Paxtakor» birinchi sinovdan o‘tib olsa, uyog‘iga nimadir o‘ylab topsa bo‘ladi. Agar Arveladze «An-nasr» jamoasining o‘yin uslubi va taktikasiga qarshi o‘z taktik yurishi orqali javob qaytara olsa, «Sherlar» safida ham yaxshi ijrochilar talaygina. Uchrashuv mehmonda bo‘lishiga qaramasdan, Arveladze shogirdlari ortiqcha hayajonga berilishmasa, bu jamoadan o‘tsa bo‘ladi. Zamonaviy futbolda yengib bo‘lmas jamoalar qolmaganiga ancha bo‘lgan… Umimiy qilib aytganda, «Paxtakor»ning imkoniyatlari «An-Nasr»nikidan past emas. Asosiysi, futbolchilar o‘zbek xalqining ifixori, faxri hisoblangan klub sharafini himoya qilayotgan ekanligini ich-ichidan his qilib turishsa, har qanday raqibdan o‘ta olishadi.

Biz bayroqdor jamoamizga OCHL guruh bosqichi uchun saralashdagi o‘yinlarida omad va zafarlar tilab qolamiz. Biz senga ishonamiz, «Paxtakor»! Yodingda tut, sen kecha paydo bo‘lgan jamoa emassan, shonli tarixing bor va shu tarix ichida orttirgan millionlab qorako‘z muxlislaring sening Xalqaro maydondagi g‘alabalaringga mushtoq, yana seni Osiyo Chempionlar Ligasi ham sog‘ingan.

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev

 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:29, 09.02.2019.
O'qildi: 5840 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.