Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/09 00:00 Sevilya 1-3 Barselona
20/09 10:00 Eron 0-0 Xitoy
20/09 12:00 Gonkong 1-5 Tailand
20/09 15:00 KXDR 0-0 BAA
20/09 15:30 Fiorentina 1-1 Napoli
20/09 15:30 Yaponiya 7-0 Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe 1-0 Malaga
20/09 17:15 Andijon 1-4 Nasaf
20/09 18:00 Surxon 1-0 Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone 2-0 Komo
20/09 18:00 Parma 2-1 Jenoa
20/09 18:00 Bornmut 0-1 Liverpul
20/09 18:00 Lids 0-0 Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti 5-3 Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona 1-2 OKMK
20/09 19:15 Atletiko 2-1 Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv 0-1 Neftchi
20/09 20:30 Fulhem 1-1 Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus 2-0 Atalanta
20/09 21:30 Deportivo 1-1 Betis
20/09 21:30 Vilyarreal 3-1 Levante
20/09 23:45 Milan 3-0 Lechche
21/09 00:00 Valensiya 2-3 Real Sosyedad
21/09 20:15 Xorazm - Qizilqum
22/09 10:00 Vyetnam - O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin - Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya - Saudiya Arabistoni

«Metallurg» Antaliyadagi so‘nggi nazorat uchrashuvida g‘alaba qozondi

«Metallurg» Antaliyadagi so‘nggi nazorat uchrashuvida g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Kecha Turkiyaning Antaliya shahrida Bekobodning “Metallurg” jamoasi so‘nggi – to‘rtinchi nazorat uchrashuvida Rossiya Federasiyasining “Leningrades” jamoasiga qarshi maydonga chiqdi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuv bekobodlik futbolchilarning katta ustunligi ostida o‘tdi. Ketma ket tinimsiz hujumlar birinchi bo‘limning o‘zidayoq samarasini berdi va poytaxt viloyati vakillari raqiblari darvozasiga ikkita to‘p kiritishdi. Uchrashuvning 28-daqiqasida Islom Isoqjonov hisobni ochgan bo‘lsa, birinchi taym yakuniga yetib borayotgan bir paytda “Metallurg” safida ko‘rikdan o‘tayotgan Sergey Tumasyan muvaffaqiyat qozondi.

Ikkinchi taymda ham bekobodliklar bir qator xavfli vaziyatlar yaratishdi. Ammo qulay imkoniyatlardan ba’zida hujumchilarimiz samarali foydalana olishmagan bo‘lishsa, ba’zida Leningrad viloyati jamoasi himoyachilari ishonchli harakat qilishdi.

“Metallurg” yana ikki kun Antaliyada yig‘inni davom ettiradi va O‘zbekistonga 11 fevral sanasida qaytadi.

Nazorat uchrashuvi.
“Metallurg” – “Leningrades” – 2:0 (2:0). Turkiya. Antaliya. 8 fevral 2019 yil.

Hakamlar: D.Izmaylov, YU.Tixonyuk, S.Vasyutin (hammasi Qozog‘iston Respublikasidan).

Nazoratchi: A.Gorda.

Gollar: Islom Isoqjonov, 28, Sergey Tumasyan, 43.

“Metallurg”: Zafar Safayev, Abbos Otaxonov, Kamoliddin Tojiyev, Andrey Shipilov, Stanislav Andreev, Akbar Ismatullayev, Ibrohim Yo‘ldoshev, Sergey Tumasyan, Server Jeparov, Muzaffar Muzaffarov, Islom Isoqjonov.

Zahira: Karim Muhammedov, Zoir Jo‘raboyev, Abror Toshqo‘ziyev, Odil Abdumajidov, Doniyor Usmonov, Xudoyshukur Sattorov, Muhammad Isayev, Mahmud Qudratullayev, Zohid Abdullayev.

“Leningrades”: Ivan Budachev, Ruslan Bashirov, Nikita Povarov, Ayxan Guseynov, Vasiliy Pinchuk, Danila Dyatlov, Daniyel Noviskiy, Dmitriy Mironov, Ruslan Kazakov, Artem Semka, Nikita Polyakov.

Zahira: Yegor Korsov, Maksim Petrov, Nikita Xlusov, Sergey Kostin, Andrey Blindu, Maksim Astafyev, Yegor Spiridonov.

Kiritildi: 14:48, 09.02.2019.
O'qildi: 2693 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик