Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

UYEFA Chempionlar Ligasi tarixidagi eng ko‘p sariq kartochka olgan futbolchi kim? Top 5

UYEFA Chempionlar Ligasi tarixidagi eng ko‘p sariq kartochka olgan futbolchi kim? Top 5

Baho:
+ | -

Bu turnir klublar uchun eng nufuzlisi hisoblanadi. Bugun shu turnir tarixidagi sariq kartochkalarga «o‘ch» futbolchilar haqida qisqacha…

Karles Puyol

«Barselona»ning afsonaviy sardori CHL tarixida 25 bor sariq va bir bor qizil kartochka olgan ekan. Bu kartochkalarning birortasi noo‘rin bo‘lmagan ekan. Qahramonimiz jamoasi darvozasi oldidagi havfni bartaraf qilish uchun ko‘pincha sariq kartochkalardan, jarohatlardan, cho‘chimay o‘ynagan, haqiqiy sardor edi.

Xabi Alonso

 

Jismonan baquvvat, yakka kurashlarda yutib chiqadigan markaziy yarim himoyachi uchun odatiiy ko‘rsatkich. Alonso o‘z vaqtida o‘z pozisiyasida birinchi raqamli o‘yinchi edi. Bu kartochkalarning ko‘pi uning biroz yoshi o‘tgan (tezlik o‘z-o‘zidan pasaygan) chog‘larida olingan ekan. Uning hisobida 26 ta sariq va bitta qizil kartochka mavjud

Jennaro Gattuzo

«Pitbul» laqabli markaziy yarim himoyachi «Milan»ning «dahshatli» kuchga ega bo‘lgan tarkibida qora ishlar bilan shug‘ullanar, uning mehnati aytarli ko‘rinmasdi.Agar u maydonga tushmasa, «Milan»ning o‘yni sira qovushmas, nimadir yetishmayotgandek tuyular edi. Gatuzzo CHL dagi uchrashuvlarda naqd 30 bor sariq kartochka bilan siylangan ekan. Eng qizig‘i atigi bir marotaba qizil kartochka olib, jamoasini qiyin ahvolga solib qo‘ygan. Uning pozisiyasidagi o‘yinchilar havas qilsa arzigulik ko‘rsatkichga ega.

Pol Skoulz

Ishonish qiyin, ammo bu fakt! Kamtar va bosiq futbolchi bo‘lishiga qaramasdan Skouls hozircha bu turnirning eng ko‘p kartochka olgan futbolchisi bo‘lib turgan edi. U o‘z faoliyati mobaynida CHL doirasidagi uchrashuvlarda 36 bor sariq va ikki bor qizil kartochka bilan siylangan ekan. Futbolchi haqida qiziq ma’lumot: Pol futbol o‘ynashni boshlaganda «astma» kassaligi bilan og‘rigan ekan. Doktorlarning ogohlantirishiga qarmasdan, katta futbolga kirib kelgan qahramonimiz futbol olamida ancha-muncha yutuqlarga erishishga ulgurdi. Uning hisobida CHL doirasida urilgan 24 ta gol mavjud.

Serxio Ramos

El-Kapitano – jamoaning yuragi, haqiqiy yetakchi. Ko‘pchilik uni birinchi o‘rinda qayd etilishini kutgan bo‘lsa, ajab emas. U CHL da ko‘satgan ajoyib o‘yinlari tarixda qolishi aniq, ammo uning statistikasi ham tarixda qolmoqda. Hozircha Ramos bu ko‘rsatgich bo‘yincha hammadan oldinda(statistik saytlar ma’lumotlarni har-xil ko‘rsatgani sabab, to‘liq informasiya berilmadi). Uning qo‘pol o‘yinchi ekanligi, himoyadagi ishonchli o‘yini evaziga «yopilib» ketadi. Ramos jamoasi g‘alabasi uchun o‘zini ham raqiblarini ham ayamaydigan futbolchi. Shunday ekan bu «rekord»yana yangilansa ajab emas.

 

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 10:33, 12.02.2019.
O'qildi: 14613 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.