Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Yangi mavsum oldidan yakuniy lisenziyalash bo‘yicha tekshiruv jarayoni boshlandi

Yangi mavsum oldidan yakuniy lisenziyalash bo‘yicha tekshiruv jarayoni boshlandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, Superliga va Pro-liga klublari yangi mavsum uchun futbolchi va murabbiylarini ro‘yxatdan o‘tkazishi uchun avvalo bir qator talablarni bajarishi lozim bo‘ladi.

Oldindan ma’lumot berilganidek, “O‘FA va O‘zPFL tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalarda ishtirok etuvchi futbol klublarini lisenziyalash va professional futbol klubi maqomini belgilash bo‘yicha reglament”da ko‘rsatilgan talablar, jumladan o‘z akademiyasiga ega bo‘lish, uy stadioni maydoni yaxshi holatda bo‘lishini ta’minlash hamda futbolchilari oldida qarzdorligi mavjud emasligini ko‘rsatgan klub haftaning istalgan kunida yangi futbolchilari bilan shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin.

Biroq yangi mavsum starti borgan sayin yaqinlashayotgan bo‘lsa-da, yuqorida sanab o‘tilgan u yoki bu talabni bajarishni biroz paysalga solayotgan klublar ham yo‘q emas.

Klublarda yangi mavsumga tayyorgarlik jarayoni qanday olib borilayotgani bilan yaqindan tanishish maqsadida PFL monitoring guruhlari 9 fevral kuni bir qator klublarga tashrif buyurib, qanday kamchiliklar mavjud ekani va ularni bartaraf etish to‘g‘risida klublarga tavsiyalar bergan edi.

Bugundan lisenziyalash bo‘limi yakuniy tekshiruv jarayonini boshladi. Bugun dastlab “Bunyodkor” klubi lisenziyalash bo‘yicha talablarni qay darajada bajargani monitoringdan o‘tkazildi. Ertaga AGMK jamoasi lisenziyalash bo‘yicha tekshiruvdan o‘tadi. Mazkur jarayon 20 fevralga qadar davom etadi va barcha klublar bo‘yicha yakuniy xulosalar O‘FAning maxsus komissiyasiga taqdim etiladi.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 09:43, 15.02.2019.
O'qildi: 1610 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.