Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

«Dinamo» «Qo‘qon-1912»ni mag‘lub etdi

«Dinamo» «Qo‘qon-1912»ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Yangi mavsumga tayyorgarlikni Toshkentda olib borayotgan “Dinamo” jamoasi bugun Superliga vakili “Qo‘qon-1912” klubiga qarshi to‘p surdi.

Ushbu bahsdan ikki kun oldin Davron Fayziyev shogirdlari “Surxon”ga qarshi o‘yin (3:0) o‘tkazishgani bois, murabbiylar shtabi “Qo‘qon-1912” jamoasiga qarshi o‘yinda ham aralash tarkibni maydonga tushirdi. Shu jumladan, qo‘qonliklar ustozi No‘’mon Hasanov dastlabki bo‘limda asosiy, ikkinchi bo‘limda qator o‘zgarishlarga qo‘l urdi.

Dastlabki bo‘limda qo‘qonliklar qator imkoniyatlarga ega bo‘lishgandi, ammo hisobni “Dinamo” jamoasi ochdi. Bobur Qosimovning goli tanaffusga “Dinamo”ni g‘olib sifatida olib chiqdi, 0:1.

Ikkinchi bo‘limda bosh murabbiy Davron Fayziyev zaxiradan maydonga tushirgan Qadamboy Nurmetov va Damir Temirovlar o‘z so‘zlarini aytishdi. 52-daqiqada “Dinamo”da ko‘rikda bo‘lgan xorazmlik hujumchi hisobni 0:2 ko‘rinishga olib keldi.

Oradan ikki daqiqa o‘tar-o‘tmas 54-daqiqada iqtidorli yosh yarimhimoyachi Damir Temirov o‘z goli bilan hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi, 0:3.

“Qo‘qon-1912” jamoasining ham o‘zgarishlari vodiyliklar o‘yinini kuchaytirdi. Natijada Suhrob Berdiyev 71-daqiqada hisobni qisqartirdi, 1:3.

74-daqiqada esa tajribali hujumchi Shahboz Erkinov himoyachilardan chaqqonroq harakat qilib, hisobni yana qisqartirdi, 2:3.

O‘yin yakunigacha har ikki tomon ham hisobni o‘zgartirish uchun intilishgan bo‘lsa-da, “Dinamo” yakunda “Qo‘qon-1912” jamoasini mag‘lub etdi.

Nazorat uchrashuvi. Toshkent, Chig‘aytoy stadioni.

16 fevral (shanba)

“QO‘QON-1912” - “DINAMO” – 2:3 (0:1)

Gollar: Suhrob Berdiyev 71, Shahboz Erkinov 74 - Bobur Qosimov 42, Qadamboy Nurmetov 52, Damir Temirov 54.

“Qo‘qon-1912”: 71. Boyan Knejevich, 7. Jamshid Hasanov, 17. Quvondiq Ro‘ziyev, 19. Suhrob Berdiyev, 22. Murod Xolmuhammedov, 23. Aleksandr Merzlyakov, 55. Suhrob Ne’matov, 65. Marko Milich, 79. Iqbol Malikjonov, 95. Timur Usmonov, 97. Milosh Nikolich.

Ikkinchi bo‘limda maydonga tushganlar: 30. Islom Abdullayev, 11. Timur Hakimov, 14. Avaz Mamatxo‘jayev, 41. Jasur Yoqubov, 70. Shaxboz Erkinov, 78. Bexruz Sadilloyev, 96. Muhammadanas Hasanov.

“Dinamo”: 16. Akram Xo‘jayev, 4. Hakimxon A’lamxonov, 17. Otabek Narzullayev, 5. Avaz Agaliyev, 23. Komil Sharofutdinov, Dilmurod Karimov, 22. Bobur Qosimov, 90. Shohruh Abduraimov, 10. Sardor Eminov, 19. Sanjar Barotov, 50. Vohid Shodiyev.

Ikkinchi bo‘limda maydonga tushganlar: 1. Shoxrux Eshbo‘tayev, 2. Mirkomil Lokayev, 15. Qadamboy Nurmetov, 18. Sherzod Jalilov, 20. Amir Safarov, 21. Damir Temirov, 9. Nozim Umurov, 24. Jasur Urinov.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 13:08, 16.02.2019.
O'qildi: 2330 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.