Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao
24/01 00:45 Inter - Piza
24/01 01:00 Levante - Elche
24/01 17:30 Vest Xem - Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano - Osasuna
24/01 19:00 Komo - Torino
24/01 20:00 Byornli - Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem - Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti - Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya - Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina - Kalyari
24/01 22:30 Sevilya - Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut - Liverpul

O‘zbekiston va Rossiya zamonaviy beshkurash federasiyalari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

O‘zbekiston va Rossiya zamonaviy beshkurash federasiyalari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federasiyasi (O‘ZBF) raisi Bahromjon Gaziyev va Rossiya zamonaviy beshkurash federasiyasi (RZBF) prezidenti Vyacheslav Aminov Moskva shahridagi Olimpiya qo‘mitasi binosida ikki mamlakat federasiyalari o‘rtasidagi hamkorlik memorandumini imzolashdi.

Hujjat O‘zbekiston va Rossiya zamonaviy beshkurash federasiyalari tomonidan Olimpiya harakatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, sportning axloqiy va etik qadriyatlarini asrash, sport faoliyatining barcha bosqichlarida adolatli o‘yin tamoyillarini izchil qo‘llashda hamkorlik qilish va har qanday ko‘rinishdagi diskriminasiya, jumladan, irq, millat, jins va yoshga doir kamsitishlarni qoralashni ko‘zda tutadi. Shuningdek federasiyalar dopingga qarshi kurash bo‘yicha hamkorlik qiladi, xalqaro sport maydoni va boshqa sohalarda o‘z xatti-harakatlarini muvofiqlashtiradi.

Uchrashuv davomida Vyacheslav Aminov zamonaviy beshkurash mamlakatimizda yaxshi istiqbolga ega ekanligi haqida gapirdi.

«Biz O‘zbekistonni beshkurash oilamizning yangi a’zosi sifatida ko‘rishdan xursandmiz. Biz O‘ZBF raisi Bahromjon Gaziyev bilan ko‘plab masalalarni muhokama qildik va o‘ylashimcha, beshkurash O‘zbekistonda yaxshi istiqbolga ega bo‘ladi. Rossiya esa ham maslahat bilan, ham amaliy jihatdan, masalan, murabbiy va sport mutaxassislari tomonidan qo‘llab-quvvatlashda yordamga shay», – dedi Vyacheslav Aminov.

Bahromjon Gaziyev esa beshkurash orqali O‘zbekistonda boshqa Olimpiya sport turlari ham rivojlanishi haqida gapirdi.

«Rossiya – beshkurash bo‘yicha jahon yetakchilaridan biri. O‘zbekistonda sportning bu turi endigina rivojlanmoqda. Beshkurash besh Olimpiya sport turi – suzish, qiliqchbozlik, konkur, yugurish va o‘q otishdan iborat ekanligi juda muhim. Beshkurashni rivojlantirar ekanmiz, bu boshqa Olimpiya sport turlarining taraqqiyotiga ham o‘ziga xos turtki bo‘ladi.

Biz tashkilotlarimiz o‘rtasida o‘zaro uzviy do‘stona aloqalar o‘rnatilishiga kelishib oldik. Bu qo‘shma yig‘ilishlar, ikki tomonlama uchrashuvlarni o‘tkazish, bizning sportchi va hakamlarimizni Rossiyada bo‘lib o‘tadigan musobaqa hamda seminarlarga taklif qilishda o‘z aksini topadi. Vaqti kelganda esa biz ham rossiyalik beshkurashchilarni O‘zbekistonga taklif qilamiz. Ishonchim komilki, Rossiya va O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federasiyalari o‘rtasidagi hamkorlik uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli bo‘ladi», – dedi Bahromjon Gaziyev.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 13:33, 16.02.2019.
O'qildi: 1335 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.