Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Penalti qotillari – darvozabonlar. Top 5

Penalti qotillari – darvozabonlar. Top 5

Baho:
+ | -

 Ma’lumki, Yevropa klublari kuchli darvozabonlar uchun hech qachon pulni ayashmaydi. Ayniqsa so‘nggi yillarda darvozabonlarning narxi juda ko‘tarilib ketdi. Baxtga qarshi hamma kuchli darvozabonlar ham penalti borasida ustasi farang emas. Sezganingizdek hozir Penaltilarni yo‘qqa chiqaruvchi kuchli darvozabonlar haqida so‘z boradi

Andrey Pyatov

«Shaxtiyor» klubi va Ukraina terma jamoasi darvozaboni bu top 5 likdan joy olgani ko‘pchilikka qiziq tuyilishi mumkin. Darvozabon o‘zining noodatiy uslubdagi penaltilarni bartaraf etishi bilan Yevropani o‘ziga bir necha marotaba qaratishga ulgurdi. U hech qachon muddatidan avval top uchun sakramaydi va oxirigacha to‘pning yo‘nalishini kutadi. Andrey faoliyati mobaynida 11 metrlik nuqtadan berilgan zarbalarni 32% ni qaytargan ekan.

Benalio

Shvetsariya terma jamoasi darvozaboni so‘nggi yillarda bu boradagi mahoratini ko‘rsatishda davom etmoqda. 193 sm bo‘yga ega ekanligini hisobga olsak, bu uning uchun qo‘l kelishi aniq. Darvozabon «Volsburg» klubi safida ham so‘nggi mavsumlarda naqd 10 bor penaltilarni yo‘qqa chiqarishga muvaffaq bo‘lgani so‘zimizga isbot bo‘la  oladi.

David De Hea


«Manchester Yunayted» darvozaboni o‘z faoliyati davomida bir necha yillardan beri dunyoning 1-raqamli darvozaboni sifatida qayd etib kelinmoqda. Uning uzun qo‘llari burchakka yo‘naltirilgan zarbalarini ustalik bilan bartaraf etishiga ko‘p bor guvoh bo‘lganmiz. Qahramonimiz o‘z faoliyati davomida penaltilarni 36%ni bartaraf etgan ekan. Uning bu boradagi natijalari ham yomon emas.

Samir Handanovich

Bu darvozabon mutloq rekordchi sanaladi. U o‘z kariyerasi davomida deyarli 40 penaltini (38%) o‘yinning o‘zida bartaraf etishga erishgan. Uning bu boradagi mahorati Italiya «A» seriyasida jamoasiga haligacha qo‘l kelmoqda.Samir penaltilarni yo‘qqa chiqarishga usta bo‘lgani  uchun unga  «O‘rgimchak odam» deya laqab ham qo‘yishgan. Zamonaviy futbolda hech qaysi darvozabon hali beri uning rekordiga yaqinlasha olmagan. Handanovich 193 sm bo‘y va 90 kg og‘irlikka ega bo‘lsada, juda chaqqon harakat qiladi va jamoasi uchun muhim penaltilarni yo‘q qilishda davom etadi.

Igor Akinfeev

Qahramonimizning mashxur bo‘lishiga aynan shu omil sabab bo‘lgan desak, ishonasizmi? 17 yoshlik Igor «armiyachilar» safidagi debyut o‘yinidayoq muhim uchrashuv penaltisini bartaraf etadi va o‘sha uchrashuvni eng yaxshi o‘yinchisi deb tan olinadi. Futbolchi o‘z faoliyati mobaynida terma jamoasi uchun ham bir necha bor o‘ta muhim penlatilarni qaytarishga ulgurdi. Ayniqsa, so‘nggi JCH da Ispaniyaga qarshi kechgan uchrashuvda lotareyada o‘z iqtidorini ko‘rsatib qo‘ydi. To‘gri, Akinfeev o‘yinda ko‘p xato qiladi, ammo penaltilar seriyasida (35%) o‘zini suvdagi baliqdek his etadi. Ko‘pchilik uning bu qobiliyati sababini asablarining mustahkamligi evaziga deya hisoblasa, qolganlar uning reaksiyasi tezligidan deb hisoblashadi. Qahramonimizni  o‘z muxlislari oradan yillar o‘tsada, qaytargan penaltilari bilan eslab yurishsa, ajab emas.

Я.У

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 16:33, 16.02.2019.
O'qildi: 14159 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.