Kirish Ro'yxatdan o'tish

Voleybol. O‘zbekiston chempionati g‘oliblari ma’lum bo‘ldi

Voleybol. O‘zbekiston chempionati g‘oliblari ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Qarshi shahrida voleybol bo‘yicha 2003-2004 yillarda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida II O‘zbekiston chempionati o‘tkazilayotgan haqida xabar bergan edi.

Bahslarda 25 ta (12 ta o‘g‘il bolalar va 13 ta qizlar) jamoa qatnashgani mamlakatimizda voleybolning ommalashayotganidan darak bermoqda.

O‘g‘il bolalar o‘rtasida o‘tkazilgan bellashuvlarning hal qiluvchi final bahsida farg‘onaliklar andijonlik tengdoshlaridan 3:0 hisobida ustun kelishdi. Uchinchi o‘rin uchun kechgan o‘yinda esa Navoiy vakillari xorazmlik raqiblarini 3:0 hisobida mag‘lub etishdi.

Qizlar o‘rtasida Buxoro hamda Jizzax jamoalari o‘rtasidagi murosasiz bahs 3:0 hisobida yakunlandi. Namanganliklar esa farg‘onalik raqibalarni 3:1 hisobida mag‘lub etib, uchinchi o‘ringa sazovor bo‘lishdi.

Musobaqa yakunida kuchli uchlikka kirgan jamoalarga medallar, diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Manba: minsport
Kiritildi: 12:12, 17.02.2019.
O'qildi: 4421 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.