Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«Chelsi» bu haftada Sarrini iste’foga chiqarishi mumkin

«Chelsi» bu haftada Sarrini iste’foga chiqarishi mumkin

Baho:
+ | -

«Chelsi» bosh murabbiyi Maurisio Sarrining taqdiri ushbu haftada hal bo‘lishi mumkin.

Londonliklar o‘zlari ishtirok etayotgan uchta Kubok musobaqalarining biridan chiqib ketishsa, murabbiy iste’foga chiqarilishi mumkin. Jamoa bugun Angliya kubogining nimchorak final bosqichi doirasida «Manchester Yunayted»ga qarshi maydonga chiqadi. Shuningdek, payshanba kuni "Chelsi"ni Yevropa ligasi 1/16 final bosqichida «Malmyo»ga qarshi javob o‘yini kutib turibdi. Yakshanba kuni esa Sarri shogirdlari «Manchester Siti»ga qarshi Angliya liga kubogining finalida to‘qnash kelishadi.

Futbolchilar Sarrining iste’fosi yaqin ekanini his qilishmoqda. Mutaxassisning taqdiri borasidagi yakuniy qaror «Chelsi» xo‘jayini Roman Abramovich va klub direktori Marina Granovskaya tomonidan qabul qilinadi.

Londonliklar APL doirasidagi so‘nggi 4ta o‘yinning 3tasida yutqazishdi. Bundan tashqari, Sarri o‘tkazayotgan mashg‘ulotlar futbolchilarga ma’qul kelmayapti.

Mavsumdagi ilk mag‘lubiyatdan keyin («Tottenxem»ga qarshi o‘yinda) Sarri futbolchilarni alohida yig‘ilishga chaqirdi. «Bornmut»ga qarshi bahsdagi (0:2) mag‘lubiyatdan keyin murabbiy futbolchilarni kiyinish xonasiga qamab olib, 50 daqiqa davomida suhbatlashdi.

Manba: bombardir.ru
Kiritildi: 21:43, 18.02.2019.
O'qildi: 6254 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик