Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

YECHL. Bugun «Lion» – «Barselona»ni, «Liverpul» – «Bavariya»ni mehmon qiladi

YECHL. Bugun «Lion» – «Barselona»ni, «Liverpul» – «Bavariya»ni mehmon qiladi

Baho:
+ | -

O‘tgan hafta start olgan Yevropa Chempionlar ligasining 1/8 final bosqich o‘yinlari davom ettiriladi. Bugungi dasturdan ikkita markaziy o‘yin o‘rin olgan.

«Barselona» jamoasi «Lion» maydonida mehmon bo‘ladi. Garchi ushbu uchrashuvda katalonlar favorit o‘laroq qaralayotgan bo‘lsalarda, fransuzlarni oson raqib deb bo‘lmaydi. Guruh bosqichida «Man Siti»ga haqiqiy bosh og‘riq bo‘lgan va yaqindagina dahshatli «PSJ»ni to‘xtatgan lionliklar bugun ham nomdor raqiblariga munosib qarshilik ko‘rsatishlari kutilmoqda.

Yangi yilni muvaffaqiyatsiz tarzda boshlagan ko‘k-anorranglilar so‘nggi paytlarga kelib barqarorlikni qaytarishmoqda. Tarkibdagi yo‘qotishlar ham asta-sekin yo‘qolmoqda.

«Lion» esa ayni damda o‘zining eng yuqori formasida turibdi. Jamoa yangi yilda bor-yo‘g‘i bir marta mag‘lub bo‘ldi. Biroq milliy chempionatda ularga barqarorlik yetishmayapti. Ayni damda «Lion» Liga 1 turnir jadvalida 3-pog‘onani egallab turibdi va peshqadamdan 16 ochko ortda bormoqda.

Kunning ikkinchi o‘yini Liverpulda kechadi. «Liverpul» klubi «Enfild»da «Bavariya»ni mehmon qiladi. Mavsum birinchi qismida mersisaydlar super seriyani qayd etishdi va birinchi davrani peshqadamlikda yakunlashdi, biroq so‘nggi turlarda Yurgen Klopp shogirdlari bir nechta ochkolarni boy berishdi.

«Bavariya»da esa uning aksi, yangi murabbiy qo‘l ostida mavsumni qiyin boshlagan myunxenliklar 2019 yilda raqiblarini ayab o‘tirmayaptilar. Qur’a tashlangan paytda kichik favorit sifatida ingliz jamoasi ta’kidlangan bo‘lsada, ayni damda kuchlar teng baholanmoqda.

YECHL
1/8 finla, ilk o‘yin

«Lion» – «Barselona»
01:00, «Gran Stad de Lion»

«Liverpul» – «Bavariya»
01:00, «Enfild»

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 09:00, 19.02.2019.
O'qildi: 4679 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик