Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

O‘FA vakillari Portugaliyaga borishdi

O‘FA vakillari Portugaliyaga borishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
Xabaringiz bor, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan Yevropaning futboli rivojlangan mamlakatlar futbol federasiyalari bilan yaqin aloqalar o‘rnatib, o‘zbek futboli rivoji yo‘lida ularning boy tajribasidan unumli foydalanish maqsadida bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirib kelishmoqda.    Jumladan, O‘FA 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonovning maslahatchisi San’at Sharipov, Terma jamoalar departamenti direktori Sharofiddin Hojiniyozov Gresiya, Germaniya va Chexiya futbol federasiyalari vakillari bilan uchrashib, hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishishgani haqida avval xabar berib o‘tgandik.    O‘FA mutasaddilari Portugaliyaning "Vitoriya Gimaraynsh" klubi akademiyasida bo‘lib, akamemiya faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Jumladan, akademiya rahbari va koordinatori, "Vitoriya Gimaraynsh" yoshlar jamoasi bosh murabbiyi Luis Kastro va akademiya bosh skauti, Skautlar bo‘limi boshlig‘i Roberto Morais bilan uchrashuv chog‘ida Portugaliya akademiyasida yo‘lga qo‘yilgan ish tizimi, murabbiylar tayyorlash tartibi, bolalar bilan mashg‘ulotlar olib borish uslubi haqida gaplashildi. Shuningdek, kelgusida O‘zbekiston U-16, U-19 terma jamoalari ishtirokida "Vitoriya Gimaraynsh" klubi akademiyasi jamoalari bilan o‘rtoqlik o‘yinlari tashkil qilish masalasi ham muhokama qilindi. Bundan tashqari, akademiya skautlari mamlakatimizga taklif etildi. Ular yurtimizdagi iqtidorli futbolchilarni kuzatib borib, eng munosiblarni Portugaliyaga olib ketishlari rejalashtirilgan.   "Vitoriya Gimaraynsh" klubi akademiyasiga tashrif davomida O‘FA mutasaddilari bu yerda yaratilgan infratuzilma bilan ham yaqindan tanishishdi.
Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 16:05, 20.02.2019.
O'qildi: 2543 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик